Qaşqadaryo viloyati Nişon tumani hokimligi ikki masʼuliyati çeklangan jamiyatning qişloq xöjaligi yerlari böyiça ijara şartnomalarini bekor qiliş masalasini kötargan.
Bu haqda Nişon tumani hokimi tomonidan 2026-yil 1-may kuni Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspeksiyasi Qaşqadaryo viloyati boşqarmasi rahbariga yuborilgan xatda söralgan.
Hujjatda gap “Nişan Çikens S” MÇJ va “Xudoyberdi Bobo Agro Çorvasi” MÇJ haqida ketmoqda. Yodingizda bölsa, kuni-keça EFFECT.UZ “Nişon Çikens S” MÇJ bilan boğliq masalani kötargandi va haqiqatda korxona faoliyatida bir qator kamçiliklar borligini, xususan, asosiy faoliyat turi parrandaçilik bilan şuğullaniş bölsada, MÇJda bir dona ham parranda aniqlanmagan.

Qayd etilişiça, “Nişan Çikens S” MÇJga 2020-yilda parrandaçilikni rivojlantiriş maqsadida 36,09 gektar, şundan 34,91 gektar suğoriladigan yer ajratilgan. 2024-yil 1-yanvarda tuman hokimi va jamiyat rahbari örtasida uzoq muddatli ijara şartnomasi tuzilib, kadastr organida röyxatdan ötkazilgan.
“Xudoyberdi Bobo Agro Çorvasi” MÇJga esa 2020-yilda sabzavot-polizçilik va çorvaçilikni rivojlantiriş maqsadida 21 gektar, şundan 16 gektar suğoriladigan yer berilgan. Uşbu jamiyat bilan ham uzoq muddatli ijara şartnomasi tuzilgan.
Hokimlik xatida qayd etilişiça, “Xudoyberdi Bobo Agro Çorvasi” MÇJ tomonidan 2024–2026-yillar davomida şartnomada körsatilgan ekinlar yer maydonlariga ekilmagan va ayrim yerlar öz holiça taşlab qöyilgani tuman qişloq xöjaligi bölimi monitoringida aniqlangan.
Hujjatda ikki jamiyat rahbarlarining masʼuliyatsizligi natijasida yer ijara şartlari muntazam buzilgani, yerdan oqilona foydalanilmagani, agrotexnik tadbirlar qöpol ravişda buzilgani va suv resurslaridan samarasiz foydalanilgani qayd etilgan.
Şu asosda Nişon tumani hokimligi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspeksiyasidan uşbu holatlarni örganiş va ikki jamiyat bilan tuzilgan yer ijara şartnomalarini bekor qiliş böyiça sudga daʼvo kiritiş uçun tegişli taqdimnoma kiritişni söragan.

Hokimlik öz murojaatida Yer kodeksining 36 va 38-moddalari hamda Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-oktyabrdagi 22-son qaroridagi normalarga tayangan. Hujjatda yerdan oqilona foydalanilmagan hollarda yerga bölgan huquqni, jumladan ijara huquqini bekor qiliş tartibi nazarda tutilgani keltirilgan.
Muhimi, hujjatning özida yer ijara şartnomalarini bekor qiliş böyiça sudga daʼvo kiritiş uçun taqdimnoma söralayotgani körsatilgan.



