Xorazmda ötkazilgan uşbu uçraşuvda turli yillardan beri yeçimini topmay kelayotgan muammolar yana kun tartibiga çiqdi. Murojaatlardan körinadiki, ayrim fuqarolar yillar davomida yaşab kelayotgan uyini qonuniy rasmiylaştirişga urinsa, boşqalari bir yerga bir neçta hujjat çiqarilgani yoki qurilmaning huquqiy maqomi noaniqligi sababli idorama-idora sarson bölmoqda.



Sayyor qabulning ahamiyati şundaki, aholi öz muammosini bevosita rahbarlarga yetkaziş imkoniga ega böldi. Bunday uçraşuvlar natijasi esa faqat topşiriq beriş bilan emas, balki ularning qançalik amaliy yeçim topgani bilan baholanadi.
Qabul davomida yillar davomida hal bölmagan yer va mulk masalalari körib çiqildi. Jumladan, 1989 yildan buyon bir xonadonda yaşab kelayotgan fuqaro 40 kvadrat metr yer maydonini rasmiylaştira olmayotganini bildirdi. Uning aytişiça, uyning asosiy qismiga hujjat bor, ammo qolgan 40 kv.m masalasi oçiq qolgan. Sadriddin Turdiyev mas’ullarga holatni örganib, qonun doirasida rasmiylaştiriş imkonini körib çiqişni topşirdi.

Yana bir murojaatda bir yer maydoniga ikki fuqaroda ham hokim qarori va kadastr hujjati borligi ma’lum qilindi. Şuningdek, sud qarori bilan boğliq holat ham örganildi. Agentlik direktori hujjatlarni sinçiklab tekşiriş, sud qaroriga aniqlik kiritiş va yerning huquqiy maqomini belgilaş zarurligini ta’kidladi.
Boşqa bir fuqaro esa yer ajratilganiga oid eski hujjatlarni topa olmayotganini aytdi. Bu böyiça arxiv ma’lumotlarini qayta körib çiqiş va vaziyatga oydinlik kiritiş topşirildi.
Tadbirkorlik va iş örinlarini saqlab qolişga oid murojaat ham e’tiborsiz qolmadi. Tadbirkor 250 kvadrat metr maydondagi yengil konstruksiyali obyektda 45 nafar xodim işlaşini, muammo hal bölmasa, bu iş örinlari xavf ostida qolişini bildirib, yordam söradi. Uning ta’kidlaşiça, obyekt masalasi avval ham turli idora va sudlarda körilgan, ammo yakuniy yeçim topmagan.
Sadriddin Turdiyev yangi iş örinlarini yaratiş muhimligini ta’kidlab, faoliyat albatta qonuniy asosda bölişi kerakligini eslatdi. Mas’ullarga obyektning huquqiy maqomini va mavjud hujjatlarni örganib, qonuniy yeçim topiş vazifasi qöyildi.
Muhokamada 2017 yildan buyon tadbirkorlik uçun yer uçastkalari elektron onlayn-auksion orqali ajratilişi tartibi ham eslatib ötildi. Şu bois har bir holatda yerdan foydalaniş asoslari va hujjatlarni özaro soliştirib çiqişga e’tibor qaratildi.
Şuningdek, qabul davomida ayrim fuqarolar öz murojaatlari ijobiy hal etilganidan mamnunligini bildirib, minnatdorlik izhor etdi. Ulardan biri kadastr masalasi böyiça sayyor qabulga kelgani va muammosi ijobiy hal qilinganini ta’kidlab, mas’ullarga rahmat aytdi. Boşqa bir fuqaro ham murojaati yeçim topganidan xursandligini bildirib, Kadastr agentligi rahbariyatiga öz minnatdorligini bildirdi.



Qabul davomida har bir murojaat böyiça mas’ullarning izohi olindi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bölsa, qöşimça örganiş talab qiladiganlari yuzasidan tegişli idoralarga vazifalar yuklatildi.





Yer va kadastr masalasida har bir hujjat ortida insonning uy-joyi, mulki yoki halol mehnati turganini unutmaslik kerak. Şu sababli muammoning yeçimi vaqtinçalik çora yoki quruq va’da emas, balki mustahkam qonuniy asosga ega bölişi şart. Sayyor qabulning haqiqiy samarasi ham aynan şunda — har bir murojaat oxirigaça örganilib, aniq, asosli va amaliy yeçim topganda namoyon böladi.
Muhammad Ali Qozoqov, Effect.uz



