Effect.uzʼga Surxondaryo viloyati Şörçi tumanida fermerlar iştirokida ötkazilgan yiğilişlardan birida tuman hokimi Akbarali Işmurzoyevga tegişli ekani aytilgan audioyozuv yetib keldi. Audioda fermerga nisbatan haqoratomuz va tahqirlovçi iboralar işlatilgani eşitiladi.
Voqea 2026-yil oktyabr oyida Şörçi tumanidagi kimyo korxonasi binosi hamda tuman hokimligida ötkazilgan yiğilişlar davomida sodir bölgan. Audioyozuvda hokim sifatida taniştirilgan şaxs fermerdan davlatga topşirilişi kerak bölgan hosil va yerdan foydalaniş masalalari böyiça hisobot söraydi. Suhbat davomida esa fermerga nisbatan “muttaham”, kabi öta jiddiy haqoratomuz sözlar işlatilgani eşitiladi. Afsuski, hokim fermerlarning şaxsiyat çegarasini şunçaki xatlab ötganiga ham guvoh böliş mumkin.
Jumladan, audioda:
«Sen, muttaham, kredit öğrilaşni bilasan, davlat yerida boşqa narsa ekişni bilasan, arpani xaltalab sotişni bilasan... Yer kodeksini bilmaysan. Endi men senga uni bildiraman, muttaham!» — degan mazmundagi sözlar yangraydi.

Maʼlumot bergan fermerlarning aytişiça, bunday muomala bir martalik holat emas. Ularning taʼkidlaşiça, tumanda fermerlar iştirokida keçki payt, baʼzan soat 23:00 gaça davom etadigan yiğilişlarda ham şunga öxşaş vaziyatlar kuzatilgan. Işmurzoyev hatto fermerlarning onasidan ham sökkan.
“Yomğir yoğadimi, toşmi, momongniki yoğadimi bugundan boşlaysan betonni”, – deydi hokim.
Şuningdek, ayrim fermerlar yiğiliş vaqtida telefonlari olib qöyilişi sababli voqealarni tasvirga oliş imkoni bölmaganini bildirmoqda. Yana bir jiddiy daʼvo ham bor: ayrim fermerlar hokim tomonidan jismoniy kuç işlatilgan holatlar bölganini aytmoqda. Biroq hozirça bu holatlar böyiça tahririyatda mustaqil tasdiqlangan video yoki boşqa dalillar mavjud emas.

Mansabdor şaxs fermerlar bilan muloqot jarayonida haqoratomuz sözlarni işlatişi mumkinmi?
Davlat organi rahbari har qanday yiğilişda talabçanlik va tanqidni amalga oşirişi mumkin. Biroq bu muloqotda insonning şaʼni va qadr-qimmatini kamsitişga yöl qöyiladimi, degan masala huquqiy va xizmat intizomi nuqtayi nazaridan alohida baholanişi kerak.

Ayniqsa, gap oddiy fuqaro emas, öz hududida davlat organi rahbari iştirokidagi rasmiy yiğiliş haqida ketayotgan bölsa, mansabdor şaxsning muomala madaniyati va vakolatlaridan qanday foydalanişi jamoatçilik uçun muhim masala hisoblanadi.
Tahririyat uşbu audioyozuvdagi ovoz haqiqatan ham Şörçi tumani hokimi Akbarali Işmurzoyevga tegişlimi, audio qaysi yiğilişda va qanday şaroitda yozib olinganini mustaqil ravişda tasdiqlay olmadi.
Şu sababli hokimlik va masʼul idoralarning mazkur holat yuzasidan munosabati kutiladi.
Şörçi tumani hokimi haqoratomuz sözlarni işlatganmi? Yiğilişda fermerlarga nisbatan bosim bölganmi? Agar şunday bölgan bölsa, bunga qanday huquqiy baho beriladi?
Tahririyat uşbu savollar böyiça Şörçi tumani hokimligi va mutasaddi idoralarning rasmiy munosabatini eʼlon qilişga tayyor.



