Toşkent şahri Olmazor tumanidagi bir obyekt böyiça Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi sudga murojaat qildi. Vazirlik mazkur qurilmani özboşimçalik bilan barpo etilgan deb hisoblab, uni majburiy tartibda buzişni söragan.
2026-yil 12-oktyabrda Şayxontohur tumanlararo fuqarolik işlari böyiça sudiga kiritilgan daʼvo arizasida javobgar sifatida Umidjon Rahimov körsatilgan. Gap Olmazor tumani, Gulzor MFY, Çuqursoy köçasi, Gulzor tor köçasi, 3-uydagi obyekt haqida ketmoqda.
Hujjatda keltirilişiça, tekşiruv davomida quriliş işlari loyiha-smeta hujjatlarini kelişmasdan amalga oşirilgani aniqlangan. Şu munosabat bilan 2026-yil 8-sentyabrda obyektni 15 kun muddatda ixtiyoriy ravişda buziş haqida 1-09-01-sonli körsatma berilgan.

Biroq 12-oktyabrda tuzilgan örganiş dalolatnomasida körsatmada belgilangan talab bajarilmagani qayd etilgan.
Vazirlik daʼvo arizasida Özbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 212-moddasiga tayangan. Unda tegişli ruxsatnomalarsiz yoki quriliş normalari va qoidalarini jiddiy buzgan holda barpo etilgan imorat özboşimçalik bilan qurilgan imorat hisoblanişi, bunday obyekt sud qarori bilan buzilişi mumkinligi belgilangani keltirilgan.

Hujjatda, şuningdek, majburiy buziş işlari davlat ijroçisi tomonidan içki işlar organlari xodimlari kömagida amalga oşirilişi mumkinligi körsatilgan.
Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi suddan uşbu obyektni majburiy tartibda buziş haqida qaror qabul qilişni söragan. Şu bilan birga, javobgar sudga kelmagan taqdirda işni sirtdan körib çiqişni ham söragan.
Hujjatga körsatma xati, uning bajarilmaganini tasdiqlovçi dalolatnoma, maʼmuriy jazo haqidagi qarorlar va obyekt fotosurati kabi materiallar ilova qilingan.




