Jamiyat

Manfaatdorlik bor, yoki bosim – Advokatdan Oliy sud raisi Robaxon Mahmudovaga murojaat

Akmal Eshonxonov19 ko'rishlar

Qariyb 1,4 mlrd söm. Aniq hisob-kitoblar yöqligi haqidagi Oliy sud xulosasi. Bekor qilingan sud qarorlari. Va şundan keyin ham davom etayotgan sud jarayoni. Advokat Şavkat Mavlonov esa bu holat yuzasidan Sudyalar oliy kengaşi va Malaka hayʼatiga javob talab qilmoqda.

Gap tadbirkorlar örtasidagi iqtisodiy nizo haqida ketmoqda. Iş Karmana tumanlararo sudidan boşlanib, apellyatsiya, kassatsiya va taftiş bosqiçlarigaça borgan.

Murojaatda keltirilişiça, quyi sudlarda daʼvogar foydasiga qariyb 1,4 mlrd söm undiriş haqida qaror qabul qilingan. Biroq keyinçalik Oliy sud taftiş tartibida işni körib, quyi instansiyalar qarorlarini bekor qilgan va işni qayta körib çiqiş uçun apellyatsiya sudiga yuborgan.

Advokat Şavkat Mavlonov esa mazkur işda sudyalar tomonidan yöl qöyilgan deb hisoblayotgan kamçiliklar yuzasidan keskin savollarni örtaga qöymoqda.

Oliy sud qanday kamçiliklarni qayd etgan?

Işdagi eng muhim jihatlardan biri — Oliy sud taftiş instansiyasining xulosalari. Hujjatda birinçi instansiya sudi daʼvoning predmeti va asoslaridan çetga çiqqani, daʼvoni asosiy qarz va texnika bekor turişi uçun tölovlarga ajratgani qayd etilgan.

Şuningdek, apellyatsiya va taftiş instansiyalari birinçi instansiyadagi uşbu protsessual buzilişlarga tegişli baho bermagani körsatilgan. Eng muhimi, undirilgan summa böyiça hisob-kitoblar sud qarorlarida aks etmagan.

Oliy sud, şuningdek, iş böyiça qança texnika amalda işlagani, qançasi bekor turgani va bu holatlar undirilayotgan mablağga qanday taʼsir qilganini töliq aniqlaş zarurligini qayd etgan. Şunga qaramay, 1,4 mlrd sömga yaqin summa undirilgan.

Advokatning savoli esa juda aniq:

«1 milliard 400 million söm pulni asossiz ravişda bir tadbirkordan olib, ikkinçisiga undirib beryapti. Ikkita tadbirkorning nima farqi bor? Asos yöqmi — undirmaslik kerak, rad qiliş kerak-ku. Nima uçun undirib beriş kerak?»

Bu — advokat Şavkat Mavlonovning iş böyiça pozitsiyasi.

«Manfaatdorlik bor yoki bosim bor»

Mavlonovning fikriça, sudyalar tomonidan yöl qöyilgan protsessual xatolar tasodifiy holat emas, balki ular yuzasidan xizmat tekşiruvi ötkazilmagani yangi muammolarga olib kelgan.

U bu holatni quyidagiça baholaydi:

«Buning ikkinçi varianti — yo manfaatdorlik bor, yo bosim bor. Boşqa variant yöq bunga».

Advokatning aytişiça, Oliy sud qarorlarida quyi sudlarda protsessual buzilişlar aniqlangani körsatilgan bölsa-da, bu holat böyiça xizmat tekşiruvi ötkazilmagan.

Uning fikriça, aynan şuning oqibatida iş yana bir neça bor sudlarda körilgan.

«Bu jinoyat-ku!»

Iş keyinçalik yana Navoiy viloyati sudiga yuborilgan.

Advokatning taʼkidlaşiça, agar birinçi instansiya qarori bekor qilinsa, avval undirilgan qariyb 1,4 mlrd söm mablağ javobgarga qaytarilişi kerak.

Uning aytişiça, apellyatsiya bosqiçida iş tört marta körilgan va yakunda şikoyat körmasdan qoldirilgan. Şu bilan birga, yana 52 mln söm davlat boji masalasi yuzaga kelgan.

Mavlonov bu vaziyatga juda keskin baho bergan:

«Bu jinoyat-ku! Bu jinoyat davom etib kelyapti».

Advokatning taʼkidlaşiça, bu yerda oddiy protsessual xato emas, balki tadbirkorning moliyaviy manfaatlariga jiddiy taʼsir qiluvçi holat haqida gap ketmoqda.

272-moddada nima deyilgan?

Apellyatsiya şikoyatini körmasdan qoldirişga Iqtisodiy protsessual kodeksining 272-moddasi asos qilib körsatilgan.

Murojaatdagi asosiy eʼtiroz şundan iboratki, şikoyat göyoki javobgar rahbari tomonidan imzolanmagan, degan vaj keltirilgan.

Advokat esa buni rad etmoqda. Uning aytişiça, korxona rahbari 2023-yil may oyidan beri sud majlislarida şaxsan iştirok etib kelgan.

«Qanaqasiga javobgar rahbari tomonidan imzolanmagan böladi? Uning imzosini soliştirdik — javobgar rahbari aynan har bir sud majlisida özi şaxsan iştirok etib kelyapti».

Mavlonovning fikriça, agar imzo böyiça şubha tuğilgan bölsa, bu holatga aniqlik kiritiş imkoni bor edi.

U Iqtisodiy protsessual kodeksida apellyatsiya şikoyatini körmasdan qoldiriş uçun belgilangan asoslar çeklanganini taʼkidlaydi.

Advokat, şuningdek, Oliy sud Plenumining 10-sonli qarori 14-bandiga işora qilib, imzo qöygan şaxsning vakolatiga şubha tuğilganda, avvalo tegişli dalillarni taqdim etiş taklif qilinişi kerakligini aytmoqda.

«Nega yana 52 mln söm davlat boji?»

Mavlonovning fikriça, işni imzo masalasi bilan körmasdan qoldiriş natijasida tadbirkor yana qöşimça xarajatlarga duç kelmoqda.

«Sabab oddiy — qaytarib, yana 52 million söm davlat boji undirişmoqçi».

Advokatning taʼkidlaşiça, agar apellyatsiya instansiyasi işni mazmunan körib çiqsa, daʼvogar tomonidan avvalgi sudlardan keyin yangi dalillar keltirilmagan.

Uning fikriça, birinçi instansiyadayoq asossiz deb topilişi lozim bölgan talablar Oliy sud taftiş bosqiçida ham yetarliça asoslanmagani körsatilgan.

«Malaka hayʼati bizga nisbatan işlamayapti»

Advokatning murojaatidagi yana bir asosiy talab — sudyalarning harakatlariga Malaka hayʼati tomonidan huquqiy baho berilişi.

Mavlonov:

«Malaka hayʼati bizga nisbatan işlamayapti».

Şu bilan birga, u barça sudyalarni birdek tanqid qilmasligini alohida taʼkidlaydi:

«Men barça sudyalarni yomonlamoqçi emasman, juda yaxşi sudyalarimiz juda köp. Lekin ularning içida şunday sudyalar ham bölib turadi».

Advokatning fikriça, Malaka hayʼatining vazifasi sudyalarni jazolaşdan köra, ularning harakatlariga huquqiy va kasbiy baho berişdan iborat.

«Biz faqat qonun tarafimiz»

Murojaat muallifi öz talabining maqsadi kimnidir jazolatiş emasligini taʼkidlaydi.

«Murojaatimizdan maqsad kimnidir jazolaş emas. Maqsadimiz — sudlar odil bölsin, sudlar qonunga asoslangan holda iş körsin. Biz daʼvogarni ham, javobgarni ham tarafini olmaymiz, faqat qonun tarafimiz».

Advokatning fikriça, suddagi har bir protsessual harakat qonun bilan asoslanişi va taraflarga tuşunarli bölişi kerak.

Eng keskin baho

Mavlonovning murojaatida sudyalarning harakatlariga nisbatan yanada keskin baho ham berilgan.

U 2020-yildagi Plenum qarorlari, Oliy sud taftiş bosqiçidagi xulosalar va Iqtisodiy protsessual kodeksi talablarini bir-biriga soliştirib, işdagi holatlar yuzasidan jiddiy tekşiruv ötkaziş zarurligini aytmoqda.

U hatto sudyalar harakatini jinoiy guruhlar faoliyatiga qiyoslagan:

«90-yillarda şunday jinoiy guruhlar paydo bölgandi — birovning haqini olib beradigan. ... Bular esa qarz tasdiqlanmasa ham undirib beryapti. Öşa guruhlardan nima farqi bor?»

Bu baho — advokat Şavkat Mavlonovning şaxsiy pozitsiyasi. Uning sudyalarga nisbatan korrupsiya, mansab vakolatini suiisteʼmol qiliş va boşqa oğir daʼvolari esa tegişli vakolatli organlar tomonidan alohida tekşirilişi va huquqiy baholanişi lozim.

Mavlonovning özi esa bu fikrlarini Oliy sudning iş böyiça çiqargan qarorlari bilan asoslaşga urinmoqda.

«Oçiq-oydin tadbirkorni talon-toroj qiliş emasmi?»

Advokatning sönggi savoli esa masalaning mohiyatini yanada keskin qöyadi:

«Qarang, bu oçiq-oydin tadbirkorni talon-toroj qiliş emasmi?»

Uning fikriça, agar sud hujjatlarida hisob-kitoblar mavjud bölmasa, texnika soni va tonnaji aniqlanmagan bölsa, bunday holatda 1,4 mlrd sömlik mablağni undirişning huquqiy asosi yana bir bor jiddiy tekşirilişi kerak.

Oliy sud taftiş bosqiçida quyi sud qarorlarini bekor qilgani esa işdagi mazkur masalalarga jiddiy eʼtibor qaratilganini körsatadi.

Endi asosiy savollar oçiq qolmoqda:

Nega Oliy sud qayd etgan protsessual buzilişlar böyiça xizmat tekşiruvi ötkazilmagan?

1,4 mlrd sömlik mablağ aynan qanday hisob-kitob asosida undirilgan?

Apellyatsiya şikoyatini imzo masalasi bilan körmasdan qoldirişga 272-modda haqiqatan asos bölganmi?

Va eng muhimi — mazkur holatlar yuzasidan Sudyalar oliy kengaşi hamda Malaka hayʼati qanday huquqiy baho beradi?

Effect.uz mazkur iş böyiça sud hujjatlari va vakolatli organlar pozitsiyasini örganişda davom etadi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Manfaatdorlik bor, yoki bosim – Advokatdan Oliy sud raisi Robaxon Mahmudovaga murojaat | Effect.uz