Sönggi kunlarda IMAN Holding faoliyati bilan boğliq moliyaviy masalalar, xususan, $20 mln miqdorida zarar yetkazilgani haqidagi daʼvolar jamoatçilik muhokamasiga sabab böldi. Endi kompaniya uşbu eʼtirozlarga rasmiy bayonot orqali javob berib, keltirilgan summalarni «real zarar yoki kamomad» sifatida baholaş notöğri ekanini bildirmoqda.
Kompaniya maʼlum qilişiça, 2026-yil iyul oyida uning taşabbusi bilan maslahat kompaniyasi vakillari iştirokida navbatdagi audit ötkazilgan. Audit natijasida ayrim kamçiliklar aniqlangan va ularni bartaraf etiş maqsadida Taftiş komissiyasi tuzilgan.
IMAN Holdingning özi ham auditda körsatilgan ayrim amaliyotlar töğri bölmaganini tan olmoqda. Kompaniya pozitsiyasiga köra, bu qarorlar öşa vaqtda amalda bölgan oferta asosida qabul qilingan, ularning ayrimlari şariat nuqtai nazaridan maqbul emasligi esa auditdan keyin aniqlangan.
$20 mln qayerdan paydo böldi?
«IFCB» MÇJ tomonidan eʼlon qilingan materiallarda IMAN faoliyati bilan boğliq bir neçta moliyaviy körsatkiçlar keltirilgan.
Jumladan, BNPL portfelidagi muammoli qarzlar — $9,5 mln, boşqaruv kompaniyasining fond oldidagi qarzi — $2,97 mln, şuningdek, savdoda nazarda tutilgan 140 mlrd sömlik kelgusi daromadlar haqida gap borgan.
IMAN Holding esa uşbu summalarni bir joyga jamlab, «$20 mln real zarar yetkazilgan» degan xulosa çiqarişga qöşilmaydi.
Kompaniyaga köra, bu raqamlarning bir qismi NPL, yaʼni muammoli qarzlar, bir qismi fond bilan boşqaruv kompaniyasi örtasidagi qarz munosabatlari, yana bir qismi esa kelgusida olinişi kutilayotgan daromadlarga taalluqli.
NPL böyiça raqamlar qanday?
«IFCB» eʼtirozida 2026-yil 31-may holatiga BNPL portfelida $9,5 mln miqdorida qaytmaydigan muammoli qarzlar borligi qayd etilgan.
IMAN esa bu yerda muddati ötgan qarzlar va NPL körsatkiçlarini farqlaş zarurligini taʼkidlamoqda.
Kompaniya maʼlumotiga köra, 2026-yil 31-may holatiga NPL 58,79 mlrd söm bölgan. Bu 618,41 mlrd sömlik portfelning 9,5 фоизига teng.
1-oktyabr holatiga esa kompaniya NPL miqdori 71,65 mlrd söm, portfel hajmi esa 1 105,78 mlrd söm bölganini, natijada NPL uluşi 6,5 foizga tuşganini bildirgan.
Şu bilan birga, risklarni qoplaş uçun 31,91 mlrd sömlik ECL zaxirasi şakllantirilgani aytilmoqda.
$2,97 mlnlik qarz ham tan olingan
Auditda kötarilgan yana bir masala — boşqaruv kompaniyasining fond oldidagi $2,97 mln miqdoridagi foizsiz qarzi.
«IFCB» bu mablağ fond mablağlari hisobidan boşqaruv kompaniyasining operatsion xarajatlarini moliyalaştiriş uçun işlatilganini tanqid qilgan.
IMAN esa mazkur amaliyot öşa davrda amalda bölgan ommaviy oferta asosida qabul qilingan biznes qarori bölganini bildirmoqda. Kompaniya bayonotida uşbu amaliyot şariat nuqtai nazaridan töğri emasligi audit natijasida aniqlangani va iyul oyida töxtatilgani qayd etilgan.
Kompaniyaning bildirişiça, mavjud qarz noyabr oyidan boşlab olti oy içida fondga töliq qaytariladi.
Rahbar bilan boğliq avtomobillar masalasi
Eʼtirozlar orasida kompaniya asosçisi Rustam Rahmatov bilan boğliq ikki avtomobil operatsiyasi ham bor.
Birinçi holatda gap Mercedes-Benz S500 haqida ketmoqda. «IFCB» mazkur avtomobil uçun fond mablağlaridan $128 ming ötkazilganini va mablağ kompaniya xodimiga aloqador bölgan «FOUNDERS TRUST 1» MÇJ hisob raqamiga tuşganini bildirgan.
IMAN esa bu operatsiyani öşa vaqtda amalda bölgan oferta asosida amalga oşirilgan, deb tuşuntirgan. Biroq maslahat kengaşi vakillari bunday tuzilma töğri emasligini bildirgaç, bitim qayta körib çiqilgan.
Kompaniya maʼlumotiga köra, avtomobil 2026-yil 12-avgustda sotilgan, xarid mablaği hamda foydalanilgan davr uçun ijara tölovlari fondga töliq qaytarilgan.
Kompaniya şu bilan birga, boşqaruv kompaniyasi xodimlariga imtiyozli moliyalaştiriş imkonini bergan tegişli oferta bandi ham olib taşlanganini aytmoqda.
BYD Çampion böyiça qarz ham tölangan
Yana bir holat BYD Çampion avtomobiliga taalluqli.
Tafttiş komissiyasi hujjatida Rustam Rahmatov 2023-yil 1-dekabrda avtomobilni 36 oylik muddatli tölov asosida xarid qilgani, keyinçalik tölovlar töxtab qolgani qayd etilgan.
Komissiya maʼlumotiga köra, tekşiruv vaqtida muddati ötgan qarz 306,5 mln söm, şartnoma muddati tugaguniga qadar umumiy qarzdorlik esa 366,94 mln сўмни taşkil etgan.
IMAN Holding esa auditdan keyin uşbu summa töliq qoplanganini maʼlum qildi.
Kompaniya taqdim etgan hujjatga köra, 2026-yil 31-iyul kuni 366,94 mln söm töğridan-töğri «KT IMAN Halal Investments» hisob raqamiga ötkazilgan va şartnoma yopilgan.
Daromadlar hali olinmasdan tan olinganmi?
Eʼtirozlarning yana bir qismi — kompaniyada daromadlarni tan oliş va investorlarga dividend hisoblaş amaliyoti bilan boğliq.
«IFCB» tomonidan BNPL bitimlari böyiça hali amalda olinmagan mablağlar hisobidan daromad tan olingani va dividendlar hisoblangani tanqid qilingan.
IMAN esa iyul oyidan boşlab IFRS — xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga ötilganini maʼlum qilgan.
Kompaniya keltirgan raqamlarga köra, şu kunga qadar 285 952 ta şartnoma imzolangan bölib, ularning 195 061 tasi faol.
Nasaiya savdo portfeli 1,105 trln söm, investorlar portfeli esa 965,02 mlrd söm ekani bildirilgan. Kompaniya uşbu ikki körsatkiç örtasidagi 140,75 mlrd sömlik фарқни kelgusida olinişi kutilayotgan daromad sifatida izohlamoqda.
IRR zaxirasidagi xato ham tan olindi
Kompaniya bayonotida yana bir muhim holat oçiq tan olingan.
2026-yil may va iyun oylarida IRR zaxirasiga ajratmalar şartnomada belgilangan 5 foizlik çegaradan yuqori bölgan. «IFCB» maʼlumotida may oyida taxminan 23 foiz, iyun oyida esa 50 foizga yaqin daromad zaxiraga yönaltirilgani aytilgan.
IMAN bu holatni xodim tomonidan yöl qöyilgan xato sifatida baholagan. Kompaniyaga köra, uşbu xodim bilan avgust oyi boşida mehnat munosabatlari tugatilgan.
Iyul oyidan boşlab IRR zaxirasiga ajratmalar yana 5 foizlik şartnoma çegarasiga qaytarilgan.
Xarajatlar masalasida ham özgarişlar bor
Auditda fond mablağlaridan boşqaruv xarajatlari uçun foydalanilgani ham tanqid qilingan.
IMANning tuşuntirişiça, avval ayrim sotuv, marketing, IT, skoring va boşqa xarajatlarni fond bilan boğliq xarajatlar sifatida tasniflaş amaliyoti mavjud bölgan.
Auditdan keyin esa xarajatlarni fondning bevosita xarajatlari va boşqaruv kompaniyasining xarajatlariga aniq ajratiş böyiça iş boşlangan.
Kompaniya uşbu jarayonni uç oy içida töğrilaşni rejalaştirgan.
Endi nima böladi?
IMAN Holding bayonotida kelgusidagi bir qator çoralar ham eʼlon qilingan.
Kompaniya:
— boşqaruvni tajribali mutaxassislarga topşiriş;
— uç nafar olimdan iborat Şariat kengaşi tuziş;
— taşqi şariat auditini ötkaziş;
— mustaqil moliyaviy auditorlarni jalb qiliş;
— audit yakunida natijalarni töliq eʼlon qiliş;
— xoldingdagi aksiyadorlar va SAFE şartnomalari asosida kirgan investorlar tarkibini töliq röyxatdan ötkazişni rejalaştirmoqda.
Kompaniya, şuningdek, boşqaruv kompaniyasiga fond mablağlaridan qarz beriş va ayrim boşqaruv xarajatlarini fond hisobidan qoplaş amaliyoti töxtatilganini bildirgan.
Xulosa
Iyul oyida aniqlangan masalalar böyiça bugungi holat:
Iyul oyida moliya va buxgalteriya xalqaro standartlariga ötkazildi va 140 mlrd söm miqdorida kelajakda kelişi kutilayotgan foyda aniqlangan.
Oktyabr oyida 3%lik kompaniyalar orasidagi tranzaktsiyalar Holding aksiyalari orqali kafolatlandi.
Iyul-avgust oylari davomida avtomobillar bilan boğliq 2ta ijara şartnomasi Islom moliyasi nuqtai nazaridan biznes egasi uçun mumkin emas degan şarʼiy xulosa asosida töliq yopilgan va mablağlar ijara tölovlari bilan birga fondga qaytarilgan.
Iyul oyida boşqaruv kompaniyasiga fond mablağlaridan qarz beriş va boşqaruv xarajatlarini fond hisobidan qoplaş amaliyoti töxtatildi.
Iyul oyida IRR-zaxirasiga ajratmalar şartnoma doirasiga qaytarildi.
Keyingi qadamlar:
Rustam Rahmatov boşqaruvni tajribali mutaxassislarga topşirilişini eʼlon qiladi va Kuzatuv kengaşi aʼzosi sifatida faoliyatini davom ettiradi. Kuzatuv kengaşi raisi va aʼzolari yaqin kunlarda eʼlon qilinadi.

Kompaniya 3ta olimdan iborat Şarʼiy kengaş tuziş haqida qaror qabul qildi. Undan taşqari Usmaniʼs xalqaro auditorlik kompaniyasi bilan şartnoma imzoladi va taşqi şarʼiy audit qilişni boşladi. Şuningdek xalqaro mustaqil moliyaviy auditorlarni ham jalb qiliş ustida iş boşlangan. Audit yakunlangandan keyin natijalar töliq eʼlon qilinadi.
Holdingdagi aksiyadorlar va SAFE şartnomalari asosida kirgan investorlar tarkibi töliq röyxatdan ötkazilişi böyiça qaror qabul qilindi va 1 oy içida amalga oşiriladi.
Materialda keltirilgan eʼtirozlar «IFCB» MÇJ tomonidan eʼlon qilingan hujjatlarga, javoblar esa IMAN Holdingning rasmiy bayonotiga asoslangan. Yakuniy huquqiy va moliyaviy baho vakolatli audit yoki tegişli organlar xulosasiga boğliq.




