Jamiyat

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga saralaş jarayonlari yuzasidan rasmiy munosabat berildi

Akmal Eshonxonov35 ko'rishlar
Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga saralaş jarayonlari yuzasidan rasmiy munosabat berildi

Telegram platformasidagi kanallardan birida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni saralaşning Andijon viloyatidagi jarayonlari yuzasidan e’lon qilingan xabarda kötarilgan masalalar Oila va xotin-qizlar qömitasi tomonidan örganib çiqildi.

Mazkur masala yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilindi.

Birinçidan, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni baholaşda diplom va sertifikatlar soni emas, balki sönggi uç yilda erişilgan yutuqlarning ahamiyati, amaliy natijalari, jamiyatga keltirgan foydasi hamda respublika va xalqaro miqyosdagi e’tirofi inobatga olinadi.

Nomzodlarni saralaş va baholaş amaldagi Nizom talablari asosida tegişli komissiyalar tomonidan amalga oşiriladi.

Ikkinçidan, mukofotga 14 yoşdan 30 yoşgaça bölgan, belgilangan talablarga javob beruvçi barça xotin-qizlar teng huquq asosida nomzod bölişlari mumkin.

Nomzodning muayyan davlat taşkilotida işlaşi yoki ilgari faoliyat yuritgani unga saralaş jarayonida heç qanday qöşimça imtiyoz bermaydi.

Saralaş natijalari böyiça qarorlar tegişli komissiyalar vakolatiga kiradi. Taşkiliy va texnik işlarga kömaklaşayotgan şaxslar nomzodlarni baholaş yoki saralaş natijalari böyiça qaror qabul qiliş vakolatiga ega emas.

Uçinçidan, Qömitaning markaziy apparatiga xodimlarni işga qabul qiliş qonunçilikda belgilangan tartibda, oçiq tanlov va suhbat asosida amalga oşirilgan. Mazkur jarayonlar tegişli hujjatlar bilan tasdiqlangan.

Şu örinda ta’kidlaş joizki, Qömitaga xodimlarni işga qabul qiliş va Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni saralaş bir-biridan mustaqil jarayonlar hisoblanadi.

Törtinçidan, joriy yildan saralaş jarayonlarini raqamlaştiriş maqsadida ayol.gov.uz elektron platformasi işga tuşirildi.

Hozirda nomzodlarning hujjatlari tizimga mas’ul xodimlar tomonidan kiritilmoqda. Kelgusida inson omilini kamaytiriş va jarayonlarni yanada şaffoflaştiriş maqsadida nomzodlarning öz hujjatlarini mustaqil yuklaşi, kiritilgan ma’lumotlarni körişi va zarur hollarda tuzatiş kiritişi uçun texnik imkoniyatlar yaratilmoqda.

Şu bilan birga, hujjatlarni qabul qiliş, tekşiriş va baholaş jarayonlarida barça nomzodlarga teng şaroit yaratilişi muhim vazifa hisoblanadi.

Oila va xotin-qizlar qömitasi uçun har bir iqtidorli qizning mehnati va yutuqlari adolatli baholanişi printsipial ahamiyatga ega.

Qömita saralaş jarayonlarining oçiqligi va xolisligini ta’minlaşda jamoatçilik nazoratini qöllab-quvvatlaydi. Aniq fakt va dalillarga asoslangan murojaatlar belgilangan tartibda körib çiqiladi hamda qonunbuziliş holatlari aniqlangan taqdirda, tegişli çoralar köriladi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga munosiblikning asosiy mezoni — nomzodning iste’dodi, bilimi, taşabbuskorligi, halol mehnati va jamiyat uçun yaratgan aniq natijalaridir.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga saralaş jarayonlari yuzasidan rasmiy munosabat berildi | Effect.uz