Jamiyat

Özbekistonda noyabrda qor yoğişi kutilmoqda

Akmal Eshonxonov28 ko'rishlar
Özbekistonda noyabrda qor yoğişi kutilmoqda

Noyabr oyida yoğingarçilik miqdori respublika hududining ayrim joylarida meyordan kam, boşqa hududlarda esa meyor atrofida böladi.

Joriy yilning noyabr oyida Özbekistonda havo harorati asosan iqlimiy meyor atrofida, ayrim hududlarda esa meyordan 1–1,5 daraja yuqori bölişi kutilmoqda. Oy davomida harorat asta-sekin pasayib, ayrim kunlari yomğir yoğişi, baʼzi joylarda esa yomğir qorga aylanişi mumkin. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, noyabr oyining birinçi ön kunligi nisbatan iliq keladi. Uşbu davrda keçalari havo harorati 5–10 daraja iliq, kunduz kunlari esa 17–22 daraja iliq bölişi prognoz qilinmoqda.

Oyning ikkinçi va uçinçi ön kunliklarida harorat pasayişi kutilmoqda. Keçalari havo harorati 3–8 daraja iliqdan 2 daraja sovuq va 3 daraja iliqqaça, kunduz kunlari esa 15–20 daraja iliqdan 5–10 daraja iliqqaça özgarib turadi.

Şuningdek, oyning ayrim kunlarida yomğir yoğişi mumkin. Harorat pasaygan davrlarda yomğir qisqa muddatga qorga aylanişi ham istisno etilmayapti.

Prognozga köra, noyabr oyida yoğingarçilik miqdori respublika hududining ayrim joylarida meyordan kam, boşqa hududlarda esa meyor atrofida bölişi kutilmoqda.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Özbekistonda noyabrda qor yoğişi kutilmoqda | Effect.uz