Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi hududiy boş boşqarmalari tomonidan atmosfera havosi sifatini yaxşilaş, şuningdek, fuqarolardan kelib tuşayotgan murojaatlarni ijobiy hal qilişga qaratilgan reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
Xususan, Andijon viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi tomonidan fuqarolarning ohak va ğişt işlab çiqariş korxonalaridan çiqayotgan tutun hamda çang sababli nafas oliş qiyinlaşayotgani yuzasidan bildirilgan murojaatlari asosida tegişli örganiş va nazorat tadbirlari olib borildi. Örganişlar davomida ohak va ğişt işlab çiqaruvçi korxonalar faoliyati nazoratga olinib, mas’ullarga atmosfera havosini muhofaza qiliş, belgilangan ekologik me’yorlarga rioya etiş hamda işlab çiqariş jarayonlarini amaldagi normativ talablar asosida taşkil etiş yuzasidan tuşuntiriş işlari olib borildi.
Şuningdek, korxonalarda örnatilgan çang va gaz tozalaş uskunalarining samaradorligi örganildi, laboratoriya tahlillari uçun namunalar olindi. Olingan namunalar belgilangan tartibda tekşiriladi hamda tahlil natijalariga köra qonunçilikda belgilangan çoralar köriladi. Qolaversa, hududlarda aniqlangan 2 ta qölbola ohak pişiriş öçoği bartaraf etilib, qonuniy çoralar körildi.
Bundan taşqari, Namangan viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi tomonidan ham ğişt işlab çiqaruvçi "S.M." korxonasida ekologik talablarga rioya etilişi yuzasidan nazorat-reyd tadbiri ötkazildi. Örganiş davomida korxona atmosferaga yuqori darajada çang-gaz çiqarayotganligi aniqlanib, faoliyati vaqtinça töxtatildi hamda aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça körsatmalar berildi.
Reyd tadbirlari respublikaning barça hududlarida davom ettirilmoqda.
Namangandagi korxona faoliyati töxtatildi
Akmal Eshonxonov20 ko'rishlar

Ulashish:
O'xshash yangiliklar

Jamiyat
Xalqaro biznes-klub TURON oçildi: Özbekiston biznesi investorlar va xorijiy bozorlarga bevosita çiqiş imkoniyatiga ega böldi
23 daq oldin4

Jamiyat
Oltinsoyda YPX inspektori ortidan quvgan «Kaptiva» avariyaga uçradi
29-oktabr, 2026, 11:48114

Jamiyat
Özbekistonda noyabrda qor yoğişi kutilmoqda
29-oktabr, 2026, 11:1068

Jamiyat
Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga saralaş jarayonlari yuzasidan rasmiy munosabat berildi
28-oktabr, 2026, 18:4453