Sönggi yillarda dunyo böylab poyezdda sayohat qilişga qiziqiş ortib bormoqda. Bir safar davomida bir neçta manzilni köriş, yöl böyi tabiat manzaralaridan bahramand böliş va şoşilmasdan sayr qiliş imkoniyati, ayniqsa, yoşlarning eʼtiborini tortmoqda.
Buyuk Britaniya sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi (ABTA) tomonidan ötkazilgan sönggi tadqiqot natijalari ham uşbu tendensiyani tasdiqlaydi. Xususan, 18–24 yoşdagilar orasida poyezdda sayohat qilganlar uluşi 2023-yilda 5 foizni taşkil etgan bölsa, 2025-yilda bu körsatkiç 12 foizga yetib, ikki baravardan köproqqa oşgan. Şuningdek, uşbu yoş toifasidagi iştirokçilarning 12 foizi 2026-yilda ham temir yöl orqali sayohat qilişni rejalaştirgan.
Turkiya ham turli manzillarni boğlovçi sayyohlik poyezdlari, rang-barang tabiati, tarixiy şaharlari va gastronomik merosi bilan temir yöl turizmi rivojlangan mamlakatlardan biridir. Ayniqsa, kuz va qiş oylarida mamlakatning turli mintaqalariga qatnovçi poyezdlar orqali toğli hududlar, örmonlar va tarixiy maskanlar bilan tanişiş mumkin.
Turistik Şarq ekspressi (Touristic Eastern Express), Karayelmas ekspressi (Touristic Karaelmas Express) va Turistik Tuz ekspressi (Special Touristic Salt Express) mamlakatning turli hududlarini qamrab olgan sayyohlik temir yöl yönalişlaridir.

Turistik Şarq ekspressi: Anqaradan Karsgaça qişki temir yöl sayohati
Turistik Şarq ekspressi Anqaraning tarixiy temir yöl vokzalidan yölga çiqib, Kirikkale, Kayseri, Sivas, Erzinjan va Erzurum şaharlari orqali Karsga yetib boradi. Yönaliş davomida qor bilan qoplangan toğlar va qişki tabiat manzaralarini kuzatiş mumkin. Poyezdda yölovçilar uçun yotoqli kupelar va vagon-restoran mavjud.
Anqaradan Karsga yöl olgan poyezd Erzinjanda 2,5 soat, Erzurumda esa 3,5 soat töxtaydi. Erzinjan Furot daryosi böylaridagi öziga xos manzaralari bilan eʼtibor tortsa, Erzurum mintaqaga xos jağ kabobi (cağ kebabı) kabi mahalliy taomlari bilan maşhur.
Yönalişning sönggi manzili Kars şahri bölib, uning atrofida qadimiy Ani şahri, qişda muz bilan qoplanadigan Çildir köli va Sarikamiş çanği markazi joylaşgan.
Qaytiş yönalişida poyezd Iliç, Divrigi va Sivasda töxtaydi. Iliçda Qoronği kanyon va Kemaliyedagi anʼanaviy toş uylar, Divrigida esa UNESCOning Jahon merosi röyxatiga kiritilgan Divrigi Uluğ masjidi va şifoxonasi asosiy diqqatga sazovor maskanlar hisoblanadi.
Temir yöl sayohati Frigiya davridan zamonaviy Turkiya Respublikasigaça bölgan tarixiy yodgorliklar saqlanib qolgan poytaxt Anqarada yakunlanadi.

Ğarbiy Qora dengiz mintaqasi böylab sayohat: Turistik Karayelmas ekspressi
Turkiyaning Ğarbiy Qora dengiz mintaqasiga qatnovçi Turistik Karayelmas ekspressi 2025-yilda sayyohlik poyezdi sifatida işga tuşirilgan. Uşbu temir yöl yönalişi Anqara va Zonguldak şaharlarini boğlaydi.
Poyezd yönalişi Kalejik, Çankiri, Çerkeş va Yenije kabi manzillardan ötib, Zonguldak şahrida yakunlanadi. Istanbulga nisbatan yaqin joylaşgan Zonguldak Ğarbiy Qora dengiz mintaqasining yam-yaşil tabiati va kömir qazib oliş sanoati bilan boğliq boy tarixiy merosga ega şaharlaridan biridir.
2026-yilgi kuzgi mavsumda Karayelmas ekspressining Anqaradan Zonguldakka qatnovlari 2-oktyabrdan 13-noyabrgaça har juma kuni amalga oşirildi. Yenijeda sayyohlar uçun maxsus töxtaş vaqti ham ajratilgan.
Qaytiş qatnovlari esa 3-oktyabrdan 14-noyabrgaça har şanba kuni taşkil etildi. Zonguldakdan Anqaraga qaytiş yönalişida Çankiri va Kalejik şaharlarining tarixiy obidalari bilan tanişiş imkoniyati mavjud.

Qisqa temir yöl sayohati: Turistik Tuz ekspressi
Turistik Tuz ekspressi Anadoluning markazida joylaşgan Anqarani tuz sanoati bilan maşhur Çankiri şahri bilan boğlaydi. 2024-yilda işga tuşirilgan tört vagonli poyezd 2026-yil 28-noyabrgaça har şanba kuni bir kunlik boriş-qaytiş qatnovlarini amalga oşiradi.
Çankiri şahridagi asosiy sayyohlik maskanlaridan biri Yerosti tuz ğori hisoblanadi. Bundan taşqari, Tarixiy kir yuviş muzeyi, Çankiri mintaqaviy taomlari va madaniyat uyi hamda Çankiri muzeyi şaharning tarixi, mahalliy oşxonasi va madaniy anʼanalari bilan tanişiş imkonini beradi.
Turkiyada temir yöl sayohatlari turli tabiiy va tarixiy hududlarni qamrab oladi. Mamlakatning ayrim temir yöl yönalişlari qorli toğlar, örmonli vodiylar va tarixiy şaharlar orqali ötadi. Yönalişlar davomida mahalliy taomlar, hududlarning madaniy merosi va aholining turmuş tarzi bilan tanişiş imkoniyati ham mavjud.




