«Özbekgidroenergo» AJ va Yevrosiyo taraqqiyot banki örtasida gidroenergetika sohasidagi investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş böyiça memorandum imzolandi. Tomonlar istiqbolli loyihalarni moliyalaştiriş, davlat kafolatlarisiz mablağ jalb qiliş va qöşma «Yöl xaritasi»ni işlab çiqişga kelişib oldi.
25-noyabr kuni «Özbekgidroenergo» AJ boşqaruvi raisi Islom Abdurahmonov Yevrosiyo taraqqiyot banki boşqaruvi raisi Nikolay Podguzov boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşdi.
Muloqotda kompaniyaning strategik rivojlaniş rejalari va investitsiya dasturlari muhokama qilindi. Maʼlum qilinişiça, 2025-yil yakuniga köra, jamiyat tarkibidagi gidroelektr stansiyalarining umumiy örnatilgan quvvati 2 400 MVtni taşkil etgan. 2032-yilgaça bu körsatkiçni 5 538 MVtga yetkaziş va qariyb 3,7 milliard dollarlik investitsiya loyihalarini amalga oşiriş rejalaştirilgan.
Dastur yangi GESlar quriş, mavjud stansiyalarni modernizatsiya qiliş hamda Markaziy Osiyoda ilk yirik GTESlarni barpo etişni qamrab oladi.
Uçraşuvda Pskem GESi, Çorboğ GESini modernizatsiya qiliş, Yuqori Töpalang gidroenergetika zonasini özlaştiriş, GTESlar qurilişi va JKF-5 GES loyihalarini moliyalaştiriş imkoniyatlari körib çiqildi.
Şuningdek, davlat kafolatlarisiz uzoq muddatli korporativ moliyalaştiriş, gidroenergetika uskunalarini xarid qiliş uçun savdo moliyalaştirişi va texnik-iqtisodiy asoslarni işlab çiqişga grant mablağlarini jalb etiş masalalari muhokama qilindi.
Yevrosiyo taraqqiyot banki vakillari 2031-yilga qadar Özbekiston iqtisodiyotiga 3 milliard dollargaça investitsiya yönaltiriş rejalaştirilganini bildirib, «Özbekgidroenergo» bilan qöşma loyihalarni amalga oşirişga qiziqiş bildirdi.
Uçraşuv yakunida tomonlar özaro anglaşuv memorandumini imzoladi. Hujjat gidroenergetika sohasida uzoq muddatli investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantiriş, ustuvor loyihalar portfelini şakllantiriş va moliyalaştiriş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan.
Şuningdek, aniq vazifalar va muddatlarni belgilaydigan qöşma «Yöl xaritasi»ni tayyorlaşga kelişib olindi.




