Jahon banki Özbekistondagi iqtisodiy islohotlarni qöllab-quvvatlaş uçun 800 million dollarlik moliyalaştiriş paketini maʼqulladi. Dastur doirasida 275 mingta qöşimça va sifatli iş örni yaratiş, energetika sohasiga xususiy investitsiyalarni jalb qiliş hamda mamlakatning JSTga aʼzo böliş jarayonini tezlaştiriş közda tutilgan.
Jahon banki Ijroçi direktorlar kengaşi maʼqullagan mablağlar xususiy sektorni rivojlantiriş, iqtisodiyot raqobatbardoşligini oşiriş va ekologik toza ösişga ötişga yönaltiriladi.
2029–2031-yillarda amalga oşiriladigan çora-tadbirlar natijasida 275 mingta yangi va sifatliroq iş örni yaratilişi kutilmoqda. Dasturda, ayniqsa, hududlardagi xotin-qizlar, fermerlar va tadbirkorlar uçun imkoniyatlarni kengaytirişga eʼtibor qaratilgan.
Moliyalaştiriş doirasida ijtimoiy suğurta qamrovini kengaytiriş, davlat korxonalarini isloh qiliş, xususiy biznes uçun raqobat muhitini yaxşilaş va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş çoralari belgilangan. Şuningdek, 2028-yilgaça yana 500 ming nafar foydalanuvçini, jumladan, 250 ming nafar xotin-qizni keng polosali internet bilan taʼminlaş rejalaştirilgan.
Energetika sohasida elektr va tabiiy gaz bozorlarini tartibga soliş qoidalari yangilanib, xususiy investitsiyalar jalb qilinadi. 2028-yilgaça elektr isteʼmolçilarining 15 foiziga xususiy operatorlar boşqaruvidagi tarmoqlar orqali xizmat körsatiş közda tutilgan.
Qişloq xöjaligida esa fermer va çorvadorlarni qurğoqçilik, suv toşqinlari hamda keskin ob-havo hodisalaridan himoya qiliş uçun suğurta qamrovi kengaytiriladi. 2028-yilga kelib ularning 35 foizini suğurta bilan qamrab oliş maqsad qilingan.
Bundan taşqari, taşqi savdo jarayonlarini raqamlaştiriş, «yagona darça» tizimini takomillaştiriş orqali Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga aʼzo böliş jarayonini tezlaştiriş rejalaştirilgan.
Ekologik yönalişda binolarning energiya samaradorligi standartlari yangilanadi. 2028-yilgaça energiya tejamkorligini oşirişga 10 million dollar xususiy investitsiya jalb qiliş va taqsimlangan qayta tiklanuvçi energiya manbalari quvvatini 3 000 MVtga yetkaziş közda tutilgan.




