Qorong‘i rejim
Jahon

«Miss Universe – 2026» ğolibasi aniqlandi: tarixda ilk bor farzandli ayol ğolib böldi

Akmal Eshonxonov5 ko'rishlar
«Miss Universe – 2026» ğolibasi aniqlandi: tarixda ilk bor farzandli ayol ğolib böldi

Puerto-Riko vakili Jennifer Barreto «Miss Universe – 2026» xalqaro gözallik tanlovi ğolibi deb topildi. 27 yoşli model tanlov tarixida uşbu unvonni qölga kiritgan ilk ona sifatida qayd etildi. Bu haqda tanlovning rasmiy sahifalarida maʼlum qilindi.

75-xalqaro tanlov finali Puerto-Rikodagi Xose Migel Agreolot nomidagi Kolizeyda bölib ötdi. Barreto öz vatani nomidan iştirok etib, tomoşabinlarning kuçli qöllab-quvvatlaşiga sazovor böldi.

Jennifer Barreto 1998-yil 17-dekabr kuni Puerto-Rikoning Mayagues şahrida tuğilgan. U tadqiqot psixologiyasi böyiça bakalavr darajasiga, şuningdek, psixologiya va klinik ijtimoiy iş yönalişlarida ikkita magistrlik darajasiga ega.

Barreto 2021-yildan AQŞ Mudofaa vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelgan. U harbiy oilalarga zöravonlik va bolalarga nisbatan şafqatsiz munosabat bilan boğliq vaziyatlarda yordam körsatgan. Şuningdek, Puerto-Rikodagi Bolalar diabeti assotsiatsiyasi bilan hamkorlik qiladi.

Turmuş qurgan va farzandli Jennifer Barreto tanlov tarixida uşbu maqomda ğolib bölgan ilk iştirokçiga aylandi. U, şuningdek, «Miss Universe» tojini öz mamlakatida qölga kiritgan ikkinçi vakil sifatida qayd etildi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

«Miss Universe – 2026» ğolibasi aniqlandi: tarixda ilk bor farzandli ayol ğolib böldi | Effect.uz