Qorong‘i rejim
Jahon

Özbekiston sayohat uçun eng xavfsiz 30 ta mamlakat qatoriga kirdi

Akmal Eshonxonov5 ko'rishlar
Özbekiston sayohat uçun eng xavfsiz 30 ta mamlakat qatoriga kirdi

Özbekiston 2027-yilda sayohat qiliş uçun eng xavfsiz mamlakatlar reytingidan 27-örinni egalladi. Mamlakat AQŞ, Germaniya va Fransiya kabi davlatlardan yuqoriroq örinda qayd etildi. Bu haqda Turizm qömitasi matbuot xizmati xabar berdi.

CEOWORLD jurnali tomonidan eʼlon qilingan 2027-yilgi Sayohat xavfsizligi reytingida Özbekiston sayyohlar uçun xavfsizlik darajasi «juda yuqori» deb baholangan davlatlar qatoriga kiritilgan.

Hisobotda mamlakatdagi tinçlik va barqarorlik, jamoat tartibi hamda içki xavfsizlik holati baholaş mezonlari sifatida körsatilgan.

Markaziy Osiyo davlatlari reytingda quyidagi örinlarni egallagan: Qozoğiston — 44-örin, Turkmaniston — 57-örin, Qirğiziston — 65-örin va Tojikiston — 73-örin.

Reytingning yuqori poğonalaridan Singapur, Yaponiya va Islandiya joy olgan. Gaiti esa sayohat qiliş uçun eng xavfsiz bölmagan mamlakat deb topilgan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Özbekiston sayohat uçun eng xavfsiz 30 ta mamlakat qatoriga kirdi | Effect.uz