Ammon şahridagi «Al-Husayniya» saroyida davlat taşrifi bilan Iordaniyada bölib turgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib oliş marosimi ötkazildi.
Davlat rahbari va rafiqasini Iordaniya Podşohi Abdulla II ibn al-Husayn hamda Malika Raniya al-Abdulla kutib oldi. Marosim avvalida birgalikda suratga tuşildi.
Oliy martabali mehmon şarafiga töplardan öq uzildi. Saroy oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.
Özbekiston Prezidenti va Iordaniya Podşohi şohsupaga kötarilib, ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi. Şundan söng yetakçilar faxriy qorovul safidan ötdilar. Faxriy qorovul askarlari ham davlatimiz rahbari oldidan tantanali yurib ötdi.
Rasmiy kutib oliş marosimi yakunlanganidan söng ikki mamlakat örtasidagi oliy darajadagi muzokaralar boşlandi.




