Tojikiston Xalqaro jinoiy sud (XJS) tarkibidan çiqiş böyiça rasmiy bildirişnomani BMTga yubordi. Bu qaror Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Duşanbe şahriga taşrifi va uni hibsga oliş böyiça xalqaro order bajarilmagani yuzasidan Yevropa Ittifoqi bildirgan norozilik fonida qabul qilindi.
20-noyabr kuni Tojikiston BMT Boş kotibi Antoniu Guterrişga Xalqaro jinoiy suddan çiqiş haqida rasmiy bildirişnoma yuborgan. Rim statutiga muvofiq, qaror bir yildan keyin kuçga kiradi.
Qiziği, bildirişnoma yuborilgan kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Duşanbe şahriga taşrif buyurgan. U 19–20-noyabr kunlari Tojikistonda bölgan.
Eslatib ötamiz, Xalqaro jinoiy sud 2023-yil mart oyida Putinni ukrainalik bolalarni noqonuniy deportatsiya qilişda gumon qilib, hibsga oliş uçun order bergan edi.
Tojikiston XJS aʼzosi sifatidagi majburiyatlariga qaramay, Putinni hibsga olmagan. Duşanbe 2025-yildagi taşrif çoğida ham şunday yöl tutgan.
Bu holat Yevropa Ittifoqi tanqidiga sabab böldi. Yevropa taşqi aloqalar xizmati 22-noyabrdagi bayonotida Rossiya prezidentining xalqaro hibsga oliş orderiga qaramay, Tojikistonga taşrif buyurganidan afsusda ekanini bildirgan. Şuningdek, Tojikiston XJS aʼzosi sifatida order talablariga amal qilişi lozimligi taʼkidlangan.




