Qorong‘i rejim
Jahon

Uç nafar nigeriyalik yigit Dubayga uçiş uçun ayollar qiyofasiga kirdi

Akmal Eshonxonov39 ko'rishlar
Uç nafar nigeriyalik yigit Dubayga uçiş uçun ayollar qiyofasiga kirdi

Jazoir aeroportida uç nafar nigeriyalik yigit arab ayollariga öxşab kiyinib, Dubayga uçadigan reysga çiqişga uringan. Biroq ularning bu harakati aeroportdagi xavfsizlik nazorati jarayonida foş bölgani va yigitlar qölga olingani aytilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga köra, ular aeroportdagi nazoratdan bildirmay ötiş maqsadida taşqi körinişini özgartirgan. Xususan, römol örab, yuzlarini berkitişgan va ayollarça pardoz qilişgan.

Uç nafar yigit şu yöl bilan eʼtiborni tortmasdan samolyotga çiqişni rejalaştirgan bölişi mumkin. Biroq ularning niqobi iş bermagan va aeroportda uşlangan.

Hozirça ularning nima sababdan bunday yöl tutgani, şuningdek, hodisa yuzasidan qanday huquqiy çora körilgani haqida qöşimça maʼlumot berilmagan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Uç nafar nigeriyalik yigit Dubayga uçiş uçun ayollar qiyofasiga kirdi | Effect.uz