Qorong‘i rejim
Jahon

Meksikada giyohvandlik karteli rahbarlaridan biri qölga olindi

Akmal Eshonxonov40 ko'rishlar
Meksikada giyohvandlik karteli rahbarlaridan biri qölga olindi

AQŞ rasmiylari uning qayerdaligini aniqlaşga yordam beruvçi maʼlumot uçun 5 million dollar mukofot vaʼda qilgan edi. Hibsga oliş operatsiyasi qurolli töqnaşuvlar bilan keçgan.

El País naşri xabar berişiça, «El Çapo Isidro» nomi bilan tanilgan narkobaron Fausto Isidro Mesa Flores Meksikada qölga olingan.

Operatsiya 20-noyabr kuni Sinaloa ştatidagi Guasave şahrida ötkazilgan. Hibsga oliş jarayonida federal xavfsizlik kuçlari va Sinaloa giyohvandlik karteliga aloqadorlikda gumon qilinayotgan şaxslar örtasida qurolli töqnaşuvlar yuz bergan. Xabarlarda 10 dan ortiq kişi halok bölgani aytilmoqda.

Töqnaşuvlar vaqtida şaharda otişmalar sodir bölgan, avtomobillar yoqib yuborilgan va yöllar tösib qöyilgan. Operatsiyada harbiy vertolyotlar ham iştirok etgan.

Vaziyat sabab Algodoneros de Guasave va Venados de Mazatlan beysbol jamoalari örtasidagi öyin töxtatilgan. Ştat rasmiylari federal xavfsizlik kuçlariga hujum qilinganini tasdiqlab, aholini xavfsiz joylarda boşpana izlaşga çaqirgan.

AQŞ Federal tergov byurosi (FQB) Mesa Floresni mamlakatga giyohvand moddalar olib kiriş va savdosini taşkil etişda gumon qilmoqda. Amerika rasmiylari uni qölga olişga yordam beradigan maʼlumot uçun 5 million dollar mukofot eʼlon qilgan edi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Meksikada giyohvandlik karteli rahbarlaridan biri qölga olindi | Effect.uz