Rockstar Games tomonidan 19-noyabr kuni çiqarilgan Grand Theft Auto 6 (GTA 6) savdolari böyiça rekord natija qayd etgani aytilmoqda.
Sensor Tower tahlillariga köra, öyinning oldindan buyurtmalari va dastlabki kun savdolari 24,5 million nusxadan oşgan. Bu esa taxminan 2,36 milliard dollar daromad keltirgan.
Uşbu natija GTA 6ʼni tarixdagi eng yirik köngiloçar relizlardan biriga aylantirişi mumkin. Biroq Rockstar Games va uning boş kompaniyasi Take-Two öyinning aniq savdo körsatkiçlarini hozirça eʼlon qilmagan. Kompaniyalar talabni «misli körilmagan» deb baholagan.
Öyin voqealari Floridadan ilhomlangan Leonida hududida keçadi. Asosiy qahramonlar — mayda jinoyatçilar Lyusiya va uning hamkori Jeyson.
GTA 6ʼni işlab çiqiş xarajatlari 1 milliard dollardan oşgani taxmin qilinmoqda. Bu uni tarixdagi eng qimmat videoöyinlardan biriga aylantirişi mumkin.




