Virjiniya ştatida Özbekistonning çekka hududlarida yaşovçi iqtidorli qizlarga bepul taʼlim berişni maqsad qilgan «Girls Education Fund» xayriya fondi rasman iş boşladi.
AQŞda yaşayotgan özbekistonlik vatandoşlar taşabbusi bilan taşkil etilgan fond mamlakatning çekka hududlaridagi qizlarning taʼlim olişi va kasbiy rivojlanişiga kömaklaşadi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, fond AQŞ qonunçiligiga muvofiq notijorat taşkilot sifatida röyxatdan ötkazilgan. Uning asosçilari — vatandoşlar Farhod va Sevara Sulton hamda Amerikadagi özbek diasporasi vakillari.
Fondning asosiy maqsadi iqtidorli qizlarga ingliz tili va matematika fanlaridan bepul taʼlim beriş, ularni oliy taʼlim muassasalariga kirişga tayyorlaş hamda kelgusida kasbiy rivojlanişiga yordam berişdan iborat.
Fond hammuassisi Sevara Sultonning aytişiça, yozda eʼlon qilingan birinçi tanlovga mamlakatning turli hududlaridan 236 ta ariza kelib tuşgan. Inşo yoziş va suhbat bosqiçlaridan iborat saralaş natijasida 10 ta hududdan 20 nafar qiz loyihaning birinçi bosqiç iştirokçisi sifatida tanlab olingan.
Ayni paytda ular hamkor öquv markazi işlab çiqqan dastur asosida maktab darslaridan taşqari haftasiga olti kun onlayn tarzda bepul taʼlim olmoqda.
Fond kelgusida iştirokçilar sonini 500 nafarga yetkaziş, qizlarni xalqaro taʼlim dasturlariga jalb qiliş va xorijiy universitetlarga kirişlariga kömaklaşişni rejalaştirgan.
Oçiliş marosimida homiylardan biri birinçi guruh iştirokçilarining taʼlimini moliyalaştiriş uçun mablağ ajratgani ham maʼlum qilindi.




