Janubiy Koreyada talabalik vizasi asosida yaşagan Özbekiston fuqarosi Suriyadagi ekstremistik guruh aʼzosiga pul yuborganlikda aybdor deb topildi. Bu haqda Yonhap Seul markaziy tuman sudiga tayanib xabar berdi.
Sud maʼlumotlariga köra, talaba 2024-yil yanvaridan 2025-yil yanvarigaça «Tavhid va jihod katibasi» (KTJ) aʼzosining hisob raqamlariga olti marta jami 1,25 million von (taxminan 936 dollar) ötkazgan.
Tergovga köra, KTJ vakili özini özbekistonlik deb taniştirib, Suriyada jang qilayotganini bildirgan. Sudlanuvçi taşkilot faoliyatidan xabardor bölsa-da, pul yuborişni davom ettirgan.
Şuningdek, undan Janubiy Koreyada yaşovçi boşqa şaxsdan pul olib, Suriyaga yuboriş söralgan. Talaba bu topşiriqni bajarmagan, biroq sud mazkur holatni jinoyatga uriniş sifatida baholagan.
Sudya Ho So Yun Özbekiston fuqarosini terrorizmga qarşi qonunçilikni buzganlikda aybdor deb topib, 1 yil 4 oy qamoq jazosi tayinlagan. Şuningdek, undan 1,25 million von undiriş belgilangan.
Mahkumning ismi, yoşi va taʼlim muassasasi oşkor qilinmagan. Hukm ustidan şikoyat berilgani yoki uning qonuniy kuçga kirgani haqida hozirça maʼlumot yöq.




