Jahon

Rossiyada özbekistonlikni öğirlab, 200 ming rubl talab qilgan tört kişi qamaldi

Akmal Eshonxonov25 ko'rishlar
Rossiyada özbekistonlikni öğirlab, 200 ming rubl talab qilgan tört kişi qamaldi

Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida Özbekiston fuqarosini öğirlaş va undan tovlamaçilik yöli bilan pul talab qilişda ayblangan tört nafar şaxs 5,5 yildan 6 yilgaça ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.

Sudlar qöşma matbuot xizmati maʼlumotiga köra, voqea 2025-yil mart oyida sodir bölgan. Guruh aʼzolari özbekistonlik erkakni majburan maşinaga ötqazib, undan 200 ming rubl talab qilgan. Pul bermasa, burnini sindiriş bilan qörqitişgan.

Sudda ayblanuvçilar öz aybini tan olmagan. Biroq sud ularning barçasiga 5,5 yildan 6 yilgaça yuqori xavfsizlik koloniyasida jazo ötaşni belgilagan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Rossiyada özbekistonlikni öğirlab, 200 ming rubl talab qilgan tört kişi qamaldi | Effect.uz