Qirollik Islom strategik tadqiqotlar markazi (RISSC) 2027-yil uçun dunyoning eng nufuzli 500 nafar musulmoni reytingini eʼlon qildi. Unda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 40-örindan joy oldi. Bu Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi eng yuqori natija hisoblanadi.
Reyting mualliflari prezidentning «Yangi Özbekiston» islohotlariga, jumladan, iqtisodiyot va valyuta bozorini liberallaştiriş, paxta dalalarida majburiy mehnatdan voz keçiş hamda qöşni davlatlar bilan munosabatlarni yaxşilaş borasidagi faoliyatiga eʼtibor qaratgan.
Hisobotda, şuningdek, Islom merosini asrab-avaylaş va tarğib etiş, masjidlar, tarixiy obidalar va ziyoratgohlarni taʼmirlaş, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy nomidagi ilmiy-tadqiqot markazlarini rivojlantiriş hamda Toşkentda Islom sivilizatsiyasi markazini barpo etiş işlari qayd etilgan.
Reytingning dastlabki 50 taligida şaxslar aniq örinlar bilan körsatilgan. Keyingi iştirokçilar esa faoliyat yönalişlari böyiça toifalarga ajratilgan.
Markaziy Osiyodan Tojikiston muftiysi Saidmukarram Abduqodirzoda, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Toqayev va xonanda Dimaş Qudaybergen ham röyxatdan joy olgan. Qirğiziston va Turkmaniston vakillari reytingga kiritilmagan.
Reytingda ilk bor beş kişi birinçi örinni egalladi. Bu qaror «Makka qöşma mudofaa pakti» bilan boğlangan. Hisobotda uşbu hujjat 2026-yil 7-avgustda Ar-Riyodda Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston yetakçilari örtasida imzolangani qayd etilgan.
Birinçi örin Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud, valiahd şahzoda Muhammad bin Salmon, Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif, mamlakat Qurolli kuçlari boş qömondoni Osim Munir va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoğanga berilgan.
Reytingning kuçli 50 taligidan, şuningdek, Nyu-York meri Zoran Mamdani, Eron oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiy, Suriya prezidenti Ahmad aş-Şaraa va Falastin prezidenti Mahmud Abbos ham örin olgan.




