Qirğizistonda prezidentlik sayloviga nomzod körsatiş bosqiçi yakunlandi. Dastlabki maʼlumotlarga köra, davlat rahbari lavozimi uçun 11 kişi öz nomzodini ilgari surgan. Ular orasida amaldagi prezident Sadir Japarov, sobiq deputatlar, davlat organlari sobiq rahbarlari va tadbirkorlar bor.
Barça daʼvogarlar saylovda mustaqil nomzod sifatida iştirok etmoqda. Röyxatdan 10 nafar erkak va bir nafar ayol — huquqşunos Klara Sooronqulova örin olgan.
Hozirça ularning heç biri rasman nomzod sifatida röyxatga olinmagan. Buning uçun 7-dekabrga qadar kamida 30 ming saylovçining elektron imzosini töplaş talab etiladi.
Nomzodlarni röyxatga oliş uçun hujjatlar 13-dekabrgaça qabul qilinadi. Markaziy saylov komissiyasi jarayonni 23-dekabrga qadar yakunlaşi kerak.
Qirğizistonda prezidentlik saylovi 2027-yil 27-yanvar kuni bölib ötadi.




