BMTning iqlim özgarişi böyiça COP31 konferensiyasi doirasida Antaliya şahrida Özbekiston Prezidenti maslahatçisi, Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi raisi Aziz Abduhakimov Global Green Growth Institute (GGGI) ijroçi direktori San-Xyop Kim bilan uçraşdi.
Unda yaşil investitsiyalarni jalb qiliş, iqlim loyihalarini moliyalaştiriş va Parij bitimining 6-moddasi doirasida uglerod birliklari savdosini yölga qöyiş masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar 2024–2028-yillarga möljallangan hamkorlik dasturi doirasida barqaror örmon xöjaligi, iqlimga moslaşuvçan qişloq xöjaligi va yaşil quriliş böyiça qöşma investitsiya loyihalarini şakllantirişni körib çiqdi.
Uçraşuvda Orol dengizining qurib qolgan tubida barpo etilgan 2 million gektardan ortiq himoya örmonzorlarining uglerodni yutiş salohiyatidan foydalanişga alohida eʼtibor qaratildi. Bu orqali Parij bitimining 6-moddasi mexanizmlari asosida qöşimça moliyalaştiriş mablağlarini jalb qiliş rejalaştirilmoqda.
Şuningdek, sunʼiy yöldoş maʼlumotlari va sunʼiy intellekt asosida monitoring tizimini işlab çiqiş, Özbekiston va Koreya örtasida ilk uglerod bitimini tuziş hamda koreyalik xaridorlarni jalb qiliş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuv yakunida 2027-yil birinçi çoragi oxiriga qadar ustuvor investitsiya loyihalari röyxatini şakllantiriş va örmon uglerod birliklari böyiça dastlabki bitimni tayyorlaş yuzasidan harakatlar rejasini kelişib oliş taklif etildi.




