Qorong‘i rejim
Jahon

Şavkat Mirziyoyevning kitobi Iordaniyada taqdim etiladi

Akmal Eshonxonov27 ko'rishlar
Şavkat Mirziyoyevning kitobi Iordaniyada taqdim etiladi

19-noyabr kuni Iordaniyada Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2024-yilda naşr etilgan «Hozirgi zamon va Yangi Özbekiston» kitobi taqdimoti bölib ötadi.

Tadbirdan maqsad — Iordaniya jamoatçiligini Özbekistonning taraqqiyot yöli, keng kölamli islohotlari, iqtisodiy va ijtimoiy salohiyati, tarixiy-madaniy merosi hamda xalqaro taşabbuslari bilan taniştiriş.

Asarda zamonaviy dunyoda keçayotgan geosiyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jarayonlar, insoniyat oldida turgan global muammolar hamda ularni hal etişda davlatlar zimmasidagi vazifalar tahlil qilingan.

Kitobning asosiy ğoyasi inson qadrini uluğlaş, xalq manfaatlarini taʼminlaş, huquq va erkinliklarni himoya qiliş, fuqarolar uçun munosib hayot va taraqqiyot imkoniyatlarini yaratişdan iborat.

Muallif mamlakat taraqqiyotini faqat iqtisodiy körsatkiçlar bilan baholab bölmasligini taʼkidlaydi. Unga köra, haqiqiy yuksaliş insonning hayot sifati, bilimi va salohiyati, huquqlari, ijtimoiy himoyasi hamda jamiyatdagi adolat va işonç muhiti bilan belgilanadi.

Asarda ilgari surilgan «Davlat — inson uçun» tamoyili Yangi Özbekistondagi özgarişlarning asosiy mezoni sifatida körsatilgan. Taʼlim, ilm-fan, soğliqni saqlaş, kambağallikni qisqartiriş, bandlik, tadbirkorlik va davlat boşqaruvini takomillaştiriş kabi yönalişlar yagona strategik maqsad — inson manfaatlariga xizmat qiladigan jamiyatni barpo etiş ğoyasi atrofida birlaştirilgan.

Kitobda iqtisodiy islohotlar natijalariga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Manbada keltirilişiça, 2025-yil yakunlariga köra, Özbekiston yalpi içki mahsuloti 7,7 foizga ösib, qariyb 147 milliard dollarni taşkil etgan. Taşqi savdo aylanmasi 81,2 milliard dollarga, xorijiy investitsiyalar hajmi esa 43 milliard dollardan oşgan.

«Hozirgi zamon va Yangi Özbekiston» kitobi arab, ingliz, italyan, rus va urdu tillariga tarjima qilingan. Uning Iordaniyada taqdim etilişi arab jamoatçiligini mamlakatning taraqqiyot konsepsiyasi va amalga oşirilayotgan islohotlar bilan yaqindan taniştirişga xizmat qilişi kutilmoqda.

Taqdimot doirasida ikki mamlakat olimlari, ziyolilari, jurnalistlari, madaniyat vakillari hamda ekspertlari örtasida fikr almaşiş, ilmiy-maʼrifiy hamkorlikni kengaytiriş masalalari ham muhokama qilinişi rejalaştirilgan.

Şuningdek, tadbirda Özbekistonning iqtisodiy va investitsiyaviy imkoniyatlari, tarixiy-madaniy merosi, diniy-maʼrifiy salohiyati, turizm yönalişlari hamda Iordaniya bilan hamkorlikning yangi istiqbollariga eʼtibor qaratiladi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Şavkat Mirziyoyevning kitobi Iordaniyada taqdim etiladi | Effect.uz