2026-yilning yanvar–oktyabr oylarida 6,5 million nafar Özbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijiy davlatlarga safar qilgan. Bu haqda Milliy statistika qömitasi maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, xorijga safar qilgan özbekistonliklar soni ötgan yilning mos davriga nisbatan 154,2 ming nafarga oşgan.
Hisobot davrida eng köp safar Qirğizistonga amalga oşirilgan. Uşbu davlatga 2 million 983 ming 680 nafar fuqaro borgan. Keyingi örinlarda Qozoğiston — 1 million 183 ming 775 nafar va Tojikiston — 1 million 92 ming 184 nafar bilan qayd etilgan.
Şuningdek, özbekistonliklar Rossiyaga 301 420 nafar, Turkiyaga 257 904 nafar, Saudiya Arabistoniga 253 789 nafar safar qilgan.
Eng köp taşrif buyurilgan öntalikdan BAA (73 289 nafar), Xitoy (64 809 nafar), Misr (50 463 nafar) va Vyetnam (38 276 nafar) ham örin olgan.




