2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonning taşqi savdo aylanmasi 65,4 mlrd AQŞ dollarini taşkil etdi. Bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 3,9 mlrd dollarga yoki 6,3 foizga oşgan.
Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, hisobot davrida Özbekistonning eng yirik taşqi savdo hamkorlari Xitoy, Rossiya va Qozoğiston bölgan.
Taşqi savdo aylanmasida eng yuqori uluşga ega TOP-10 davlat quyidagilar:
Xitoy — 15,2 mlrd dollar;
Rossiya — 10,5 mlrd dollar;
Qozoğiston — 4,3 mlrd dollar;
Turkiya — 2,2 mlrd dollar;
Afğoniston — 1,6 mlrd dollar;
Janubiy Koreya — 1,4 mlrd dollar;
Birlaşgan Arab Amirliklari — 1,4 mlrd dollar;
Fransiya — 1,3 mlrd dollar;
Gonkong — 1,3 mlrd dollar;
Qirğiziston — 1,1 mlrd dollar.
Qayd etilişiça, uşbu 10 ta davlat hissasiga Özbekiston umumiy taşqi savdo aylanmasining 61,5 foizi töğri kelgan.




