Har bir manzilning öziga xos taʼmi uning tarixi, madaniyati va turmuş tarzini namoyon etadi. Yaqinda eʼlon qilingan sayohat tendensiyalari hisobotiga köra, sörov qatnaşçilarining 82 foizi mahalliy hayotda bevosita iştirok etiş öşa xalq madaniyatini çuqurroq anglaşga yordam berişini taʼkidlagan.
Turkiyada bir piyola turk qahvasi ana şu tajribalarning barçasini özida mujassam etadi. U milliy oşxona merosining bir qismi, samimiy suhbat va asrlar davomida şakllangan mehmondöstlik anʼanasining ifodasidir.
Öziga xos xuşböy hidi, mayin köpigi va anʼanaviy tayyorlaniş usuli bilan turk qahvasi mamlakat madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Uning boy merosi 2013-yilda “Turk qahvasi madaniyati va anʼanasi” YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ röyxatiga kiritilib, xalqaro miqyosda ham eʼtirof etildi.
5-dekabrda nişonlanadigan Jahon turk qahvasi kuni Turkiyada asrlar davomida yaşab kelayotgan uşbu anʼanani yanada çuqurroq anglaş uçun munosib fursatdir.
Turk qahvasi: asrlik meros
Turkiya çoy madaniyati bilan maşhur bölsa-da, turk qahvasi ham kundalik hayotda alohida örin egallaydi. XVI asrda Yamandan Istanbulga kirib kelgan qahva köp ötmay dunyodagi ilk qahvaxonalarning paydo bölişiga turtki böldi. Odamlar bu maskanlarda fikr almaşiş, suhbatlaşiş va bir piyola qahva ustida vaqt ötkaziş uçun töplanardi. Yevropalik diplomatlar va savdogarlar esa qahva anʼanasining Usmoniylar poytaxtidan butun Yevropaga yoyilişiga hissa qöşdi.
Turk qahvasi öziga xos xuşböy hidi va mayin, baxmaldek köpigi bilan ajralib turadi. Uni maşhur qilgan sir nimada? Buning siri tayyorlaniş usulida. Mayin kukun holiga keltirilgan qahva donlari suv bilan birga “jezve” deb ataladigan kiçik idişda past olovda asta-sekin qizdiriladi. Şu tariqa qahvaga xos qalin köpik hosil böladi. Qahva şakarsiz yoki taʼbga köra şakar qöşib tayyorlanadi va “finjan” deb ataladigan kiçik stakanlarda, köpinça lukum bilan birga tortiladi.
Kundalik suhbatlardan tortib unaştiruv marosimlarigaça turk qahvasi insonlarni bir davra atrofida jamlaydi. U mehmondöstlikning samimiy ifodasi sifatida hamon öz ahamiyatini saqlab kelmoqda. Turkiyaning har bir hududida esa qahva madaniyati öziga xos taʼm va körinişga ega.
Turkiya böylab turk qahvasi anʼanalari
Turkiya böylab qahva madaniyati bilan tanişiş Istanbuldan boşlanişi mumkin. Şaharning Tarixiy yarimorolidagi Sulton Ahmet, Sirkaji va Eminonu, şuningdek, Karaköy, Galata va Kadiköy kabi mavzelarida öziga xos muhitga ega köplab qahvaxonalar mavjud. Bu maskanlarda yangi tuyilgan qahva donlarining xuşböy hidi ufurib turadi. Ayrim qahvaxonalarda qahva qizdirilgan qum yoki çöğ ustida tayyorlanadi. Bunday usul içimlikka yanada töq va boy taʼm beradi.
Poytaxt Anqaraning Tunali Hilmi köçasi va Çankaya kabi gavjum hududlarida qahva madaniyati rivojlangan. Izmirning Alsanjak va Urla hududlarida turk qahvasi anʼanaviy usulda tayyorlanadi. Alaçatida esa mastika saqiçi qöşilgan qahva öziga xos mahalliy taʼmi bilan ajralib turadi.
Janubi-şarqdagi Gaziantep menengiç qahvasi bilan tanilgan. Tabiiy ravişda kofeinsiz bölgan bu içimlik yovvoyi pista – Pistacia terebinthus daraxtining qovurilgan mevalaridan tayyorlanadi. Şanliurfa va Mardinda ikki marta qovurilgan donlardan tayyorlanadigan aççiq mirra qahvasi içiladi. Adiyamanga xos karvonsaroy qahvasiga esa şokolad, qaymoq, salep, karob, menengiç va mastika saqiçi qöşiladi.
Turkiyaning turli hududlarida uçraydigan dibek qahvasi qovurilgan donlarni oddiy tegirmonda emas, toş öğirda tuyiş orqali tayyorlanadi. Safranboludagi Turk qahvasi muzeyi esa mamlakat qahva madaniyatining öziga xos jihatlari bilan tanişiş imkonini beradi. Usmoniylar davriga oid uy-joylari bilan maşhur bölgan bu şahar YUNESKOning Butunjahon merosi röyxati hamda Cittaslow tarmoğiga kiritilgan.




