Özbekistonlik 15 yoşli Asal Maksumova Tanzaniyada joylaşgan Kilimanjaro toğining 5 895 metr balandlikdagi Uxuru çöqqisiga kötarildi. Ekspeditsiya Özbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bağişlangan «Project Independence» loyihasi doirasida amalga oşirildi.
Jamoa Kilimanjaroga kötariliş uçun toğning maşhur yönalişlaridan biri — Marangu marşrutini tanlagan. Olti kun davom etgan sayohat davomida iştirokçilar qariyb 72 kilometr masofani bosib ötgan. Ekspeditsiya mahalliy gidlar va yuk taşuvçilar hamrohligida taşkil etilgan.
Yönaliş nam tropik örmonlar, baland toğli çöl hududlari va qorli yonbağirlardan ötgan. Kötarilişning eng murakkab bosqiçida jamoa qariyb 14 soat yöl bosgan. Bu vaqtda harorat minus 10 darajagaça pasayib, qor yoqqan va kuçli şamol esgan.
Asal Maksumova safar davomida özbek madaniyati va anʼanalarini ham namoyiş etişga qaror qilgan. Xususan, 3 720 metr balandlikdagi Xorombo lagerida jamoa bilan birgalikda özbek palovi tayyorlagan. Taomni pişiriş jarayoni beş soatdan ortiq davom etgan.
Maʼlumot uçun, Kilimanjaro Tanzaniyaning şimoli-şarqida joylaşgan bölib, Afrikaning eng baland toğidir. Uning Uxuru çöqqisi dengiz sathidan 5 895 metr balandlikda joylaşgan.
Kilimanjaro xalqaro alpinizmdagi «Yetti çöqqi» loyihasiga ham kiradi. Uşbu dastur yetti qitʼaning eng baland nuqtalarini zabt etişni nazarda tutadi.
Kibo, Mavenzi va Şira nomli uçta asosiy vulqon konusidan taşkil topgan Kilimanjaro milliy boği 1987-yildan buyon YUNESKOning Jahon merosi röyxatiga kiritilgan.




