Özbekiston ingliz tilini biliş böyiça EF Engliş Proficiency Index 2026 xalqaro reytingida 101-örindan joy oldi. Mamlakat 421 ball töplab, «juda past daraja» toifasida qoldi.
Qayd etilişiça, Özbekiston ötgan yilgi reytingda 429 ball bilan 104-örinni egallagan edi. Bu yil mamlakatning reytingidagi örni uç poğonaga yaxşilangan bölsa-da, töplangan ball 8 taga kamaygan.
Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Özbekiston beşta davlat içida törtinçi örinni qayd etdi. Mintaqa davlatlarining natijalari quyidagiça:
Turkmaniston — 71-örin, 476 ball;
Qirğiziston — 90-örin, 445 ball;
Qozoğiston — 99-örin, 424 ball;
Özbekiston — 101-örin, 421 ball;
Tojikiston — 110-örin, 405 ball.
Sobiq sovet mamlakatlari orasida eng yuqori natijani Gruziya körsatdi — 32-örin va 540 ball. Belarus 37-, Moldova 39-, Ukraina 41-, Armaniston 45-, Rossiya 49- va Ozarboyjon 85-örindan joy oldi.




