Özbekiston va Janubiy Koreya örtasida Parij bitimining 6-moddasi doirasidagi hamkorlikni rivojlantiriş uçun 8,5 million dollarlik grant ajratiladi. Mablağlar uglerod birliklari savdosini yölga qöyiş, mutaxassislar tayyorlaş va issiqxona gazlari çiqindilarini kamaytirişga yönaltiriladi.
25-noyabr kuni iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Umid Abidhadjayev Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamda Global yaşil ösiş instituti (GGGI) vakillari bilan uçraşdi.
Uçraşuvda KOICAning Özbekistondagi vakolatxonasi direktori Kim Myon Jin va GGGIning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Stella Seun Yon Li ham iştirok etdi.
Muzokaralar yakunida KOICA texnik kömagi doirasida GGGI bilan hamkorlikda amalga oşiriladigan loyiha uçun 8,5 million dollarlik grant mablağlarini jalb qiliş böyiça hujjatlar imzolandi.
Loyiha doirasida Özbekiston va Janubiy Koreya örtasida uglerod birliklari savdosini yölga qöyiş tartiblari, qöllanmalar va qöşma harakatlar rejasi işlab çiqiladi.
Şuningdek, uglerod loyihalarini tayyorlaş va boşqariş böyiça mutaxassislar tayyorlaydigan maxsus öquv markazi taşkil etiladi. Markaz zarur jihozlar bilan taʼminlanib, öquv dasturlari yölga qöyiladi.
Grant mablağlarining yana bir qismi qişloq xöjaligi, energetika va suv resurslari sohalarida issiqxona gazlari çiqindilarini kamaytirişga qaratilgan pilot loyihalarni amalga oşirişga sarflanadi.




