Rossiya poytaxti Moskvadagi «Sisters» klubida politsiya tomonidan ötkazilgan reyd davomida 12 nafar xorijiy fuqaro uşlangan. Ular orasida Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston fuqarolari borligi xabar qilindi.
Rossiyaning Maş Telegram-kanali maʼlumotiga köra, klubda döstlaridan birining tuğilgan kuni munosabati bilan yopiq tadbir taşkil etilgan. Politsiya xodimlari tadbirni töxtatib, iştirokçilarni tekşiruv uçun olib ketgan.
Xabarlarda uşlangan şaxslar transgenderlar ekani, şuningdek, ular pul evaziga intim xizmatlar körsatgani iddao qilingan. Ularning Rossiyada migratsiya qonunçiligini buzgan holda bölgani ham aytilmoqda.
Ayrim Rossiya naşrlari uşlangan xorijiy fuqarolar mamlakatdan çiqarib yuborilişini yozgan. Biroq ularga nisbatan qabul qilingan yakuniy qaror va taşkilotçilarga nisbatan jinoyat işi qözğatilişi masalasi böyiça hozirça rasmiy maʼlumot yöq.
Mazkur xabarlar dastlab Maş Telegram-kanali tarqatgan maʼlumotlarga asoslangan.




