Jonivor xavfsiz tarzda tutilib, reabilitatsiya qiliş uçun poytaxt hayvonot boğiga topşirildi.
Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi maʼlumotiga köra, bu haqda qömita tizimidagi Ekohudud va ovçilikni rivojlantiriş departamentiga murojaat kelib tuşgan. Holat hayvonot boği mutaxassislari bilan birgalikda örganilib, timsoh tutib olingan.
Toşkent hayvonot boği vakillarining bildirişiça, jonivor 16-noyabr kuni topilgan. U sovuq suvda uzoq vaqt qolib ketgani sabab oğir ahvolda bölgan. Timsoh karantin bölimiga olib kelinib, harorati asta-sekin kötariladigan maxsus basseynga joylaştirilgan va zarur yoritiş uskunalari örnatilgan.
Dastlabki taxminlarga köra, timsoh kimningdir uyidan qoçib ketgan yoki uni boqa olmagan şaxs suvga taşlab yuborgan bölişi mumkin.
Qonunçilikka köra, jismoniy şaxslar tomonidan yovvoyi hayvonlarni, jumladan, timsohlarni tutqunlikda yoki sunʼiy yaratilgan muhitda saqlaş taqiqlangan. Ularni sirk tomoşalarida foydalaniş ham mumkin emas.
Hozirda Nil timsohining Qorasuv kanaliga qanday kelib qolgani örganilmoqda. Qömita fuqarolarni yovvoyi hayvonlarni noqonuniy saqlamaslikka va şunday holatlarga duç kelganda tegişli organlarga xabar berişga çaqirdi.




