Toşkent şahrining Çilonzor tumanida Nexia-3 avtomobili daraxtga urilişi oqibatida uç kişi vafot etdi. Hodisa 16-noyabr kuni soat 04:50 atrofida Bunyodkor şohköçasida, «Özbektelekom» binosi qarşisida sodir bölgan.
Poytaxt IIBB YHXB maʼlumotiga köra, 2008-yilda tuğilgan T.A. boşqaruvidagi avtomobil haydovçi boşqaruvni yöqotişi oqibatida yöl çetidagi daraxtga borib urilgan.
Dastlabki maʼlumotlarga köra, hodisaga avtomobil rul boşqaruvidagi texnik nosozlik sabab bölgan.
YTH oqibatida haydovçi va uning ikki nafar yölovçisi şifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda hodisa sabablari yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.




