Şörtan neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasi joriy yilning 10 oyida 5,4 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib çiqargan. Bu yangilangan rejaning 100 foiz bajarilganini anglatadi.
Biroq «Özbekneftgaz» AJ boşqaruv raisi Abduğani Sanginovning taʼkidlaşiça, bu boşqarmaning mavjud imkoniyatlari töliq işga solinganini anglatmaydi.
Şörtan boşqarmasida 10 oylik faoliyat yakunlari, konlarning samaradorligi va qazib çiqariş hajmini oşiriş imkoniyatlari muhokama qilingan yiğilişda şu masalaga alohida eʼtibor qaratilgan.

Maʼlum qilinişiça, boşqarmada yiliga 7 mlrd kub metr tabiiy gaz, 270 ming tonna gaz kondensati qazib çiqariş hamda 180 ming tonna suyultirilgan gaz işlab çiqariş imkoniyati mavjud.
Joriy yilning yanvar–oktyabr oylarida 5,4 mlrd kub metr gaz qazib çiqarilgan. Şu davrda konlarning mahsuldorligini saqlaş va oşiriş maqsadida 36 ta geologik-texnik tadbir amalga oşirilgan.
Şu bilan birga, boşqaruv raisi topşiriği asosida işçi guruh konlarni bevosita joyiga çiqib örgangan. Örganişlar natijasida qazib çiqariş hajmini oşiriş va mavjud quduqlar hamda texnologik uskunalar samaradorligini yaxşilaşga qaratilgan qöşimça 82 ta çora-tadbir işlab çiqilgan.
Ular doirasida quduqlar mahsuldorligini tiklaş, geologik-texnik işlar samaradorligini oşiriş, texnologik jarayonlarni barqarorlaştiriş va işlab çiqarişdagi yöqotişlarni kamaytiriş közda tutilgan.

Yiğilişda avariyaviy töxtaşlarning sabablarini çuqur tahlil qiliş, muammoning oqibati bilan emas, balki uni keltirib çiqarayotgan omillar bilan işlaş zarurligi taʼkidlangan.
Masʼullarga uskunalarning texnik holatini doimiy nazorat qiliş, profilaktik taʼmirlaş işlarini kuçaytiriş va elektr taʼminotidagi uzilişlarning oldini oliş böyiça vazifalar berilgan.
Bundan taşqari, mahsulot tannarxini pasaytiriş, energiya resurslaridan oqilona foydalaniş va işlab çiqariş xarajatlarini maqbullaştiriş masalalari ham körib çiqilgan. 2027-yil uçun boşqarma rahbariyati va xodimlarining asosiy samaradorlik körsatkiçlarini belgilaş böyiça topşiriqlar berilgan.

Abduğani Sanginov işlab çiqarişda «har bir kub metr gaz muhim» ekanini taʼkidlab, mavjud imkoniyatlardan töliq foydalaniş, har bir quduq va texnologik qurilmaning samarali işlaşini taʼminlaş hamda avariyaviy töxtaliş va mahsulot yöqotişlariga yöl qöymaslik zarurligini qayd etgan.
Şu tariqa, 5,4 mlrd kub metrlik amaldagi natija bilan bir qatorda, Şörtanda qazib çiqariş hajmini yana oşiriş uçun 82 ta qöşimça çora belgilangan.




