«Özbekneftgaz» AJ Şörtan neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasi hududida suyultirilgan gazni saqlaş quvvatini oşirişni rejalaştirmoqda.
Kompaniya boşqaruv raisi Abduğani Sanginov suyultirilgan gaz quyiş omborida bölib, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik va mahsulotni isteʼmolçilarga uzluksiz yetkazib beriş masalalarini örgangan.

Maʼlum qilinişiça, bugun boşqarma hududidagi korxonalarda bir sutkada jami 950–1000 tonna suyultirilgan gaz işlab çiqariş quvvati mavjud.
Örganişlar davomida mahsulotni saqlaş imkoniyatlari va mavsumiy talab oşgan davrda yetarli zaxira şakllantiriş masalalariga eʼtibor qaratilgan.

Şu maqsadda omborning saqlaş quvvatini kengaytiriş böyiça yangi loyiha amalga oşiriladi. Uning doirasida yangi siğim idişlari xarid qilinib, örnatiladi. Natijada qöşimça 3000 tonna suyultirilgan gaz saqlaş imkoniyati yaratiladi.
Hozirda mahsulot zaxirasi taxminan 4 kunga yetadi. Yangi siğimlar işga tuşirilgandan söng zaxirani 5 kundan ortiq muddat saqlaş imkoniyati paydo böladi.
Kompaniyaning bildirişiça, bu işlab çiqariş va yuklaş jarayonlarini uzluksiz taşkil etiş hamda isteʼmolçilarga suyultirilgan gaz yetkazib beriş barqarorligini oşirişga xizmat qilişi kerak.

Şuningdek, mahsulot harakati, saqlaş va yuklaş jarayonlarini nazorat qiliş uçun raqamli monitoring tizimlarini joriy etiş böyiça ham topşiriqlar berilgan.
Yangi siğimlarni örnatişda zarur uskunalarni öz vaqtida yetkazib beriş, quriliş-montaj işlarini taşkil etiş hamda yonğin va sanoat xavfsizligi talablariga rioya qiliş vazifalari belgilangan.




