Özbekiston

Konlarga noqonuniy aralaşuvni aniqlaydigan aqlli tizim joriy etiladi – «Özbekneftgaz»

Akmal Eshonxonov11 ko'rishlar
Konlarga noqonuniy aralaşuvni aniqlaydigan aqlli tizim joriy etiladi – «Özbekneftgaz»

«Özbekneftgaz» konlarida gaz va kondensat quvurlariga noqonuniy aralaşuv hamda mahsulotlarni talon-toroj qiliş holatlarini tezkor aniqlaydigan yangi nazorat tizimi joriy etiladi.

Bu haqda «Özbekneftgaz» AJ boşqaruv raisi Abduğani Sanginov boşçiligidagi işçi guruhning Qaşqadaryoga taşrifi davomida maʼlum qilindi. Işçi guruh Şörtan neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasi tasarrufidagi «Kaprin» konida olib borilayotgan işlar bilan tanişgan.

Maʼlum qilinişiça, konda gaz va kondensat quvurlarini röxsatsiz oçiş, ularga noqonuniy ulaniş va mahsulotlarni talon-toroj qilişning oldini oliş maqsadida quvurlar böylab maxsus sezgir kabellar yotqiziladi.

Ular markazlaşgan signalizatsiya tizimiga ulanadi. Tizim quvurlarga taşqi taʼsir körsatilgani yoki ularga noqonuniy aralaşuvga urinişni aniqlab, xavfsizlik xizmatlariga tezkor signal yuborişi kerak.

Boşqaruv raisi masʼullarga mazkur tizimni joriy etiş, uning uzluksiz işlaşini taʼminlaş va kon infratuzilmasini doimiy nazorat qiliş böyiça topşiriq bergan.

«Kaprin» konidagi işlab çiqariş rejalari ham kengaytirilmoqda. 2026-yil avgust oyida geologiya-qidiruv işlari natijasida №1 quduqdan gaz olişga erişilgan. Hozir undan sutkasiga 598 ming kub metr tabiiy gaz qazib çiqarilmoqda.

Sentyabr oyida burğilaş işlari boşlangan №2 izlov quduğining çuqurligi hozirda 4093 metrga yetgan. Uni yaqin kunlarda sinovdan ötkaziş rejalaştirilgan. 2027-yilda konda yana ikkita yangi quduq burğilaş közda tutilgan.

Şuningdek, konda gaz yiğiş joyi, gazni dastlabki tayyorlaş qurilmasi va uzunligi 12 kilometr bölgan yuqori bosimli gaz quvuri qurilmoqda.

Abduğani Sanginov yangi quduqlar işga tuşirilişi bilan ulardan olinadigan gazni qabul qiliş, tayyorlaş va asosiy tizimga uzatiş imkoniyati ham tayyor bölişi kerakligini taʼkidlagan.

Masʼullarga burğilaş va quriliş işlarini uyğunlaştiriş, obyektlarni zarur materiallar bilan öz vaqtida taʼminlaş hamda gaz quvurlarini yotqiziş va ulaşda xavfsizlik talablariga qatʼiy rioya qiliş böyiça vazifalar yuklatilgan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Konlarga noqonuniy aralaşuvni aniqlaydigan aqlli tizim joriy etiladi – «Özbekneftgaz» | Effect.uz