Özbekistonda nogironligi bölgan şaxslarni reabilitatsiya va protezlaş markazlariga yöllaşning yangi tartibi joriy etildi. Endilikda fuqarolar uşbu markazlarga elektron navbat asosida yöllanadi. Ariza topşiriş, yöllanma rasmiylaştiriş va reabilitatsiya xizmatlari bepul amalga oşiriladi.
Bu tartib Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Soğliqni saqlaş vazirligining 2026-yil 13-noyabrda davlat röyxatidan ötkazilgan 3974-sonli qarori bilan belgilandi. Hujjat 14-noyabrdan kuçga kirgan.
Yangi tartibga köra, nogironligi bölgan şaxs yoki uning qonuniy vakili yöllanma oliş uçun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari, ijtimoiy xodimlar yoki bevosita oilaviy şifokorga murojaat qilişi mumkin.
Fuqaro reabilitatsiya xizmatini hududiy yoki Milliy reabilitatsiya markazida olişni, şuningdek, ambulator yoki statsionar şaklni tanlaş huquqiga ega.
Murojaat elektron tizimga kiritilgandan söng, oilaviy şifokor beş iş kuni içida tibbiy körik ötkazadi. Agar fuqaroda belgilangan 569 ta tibbiy körsatmadan kamida bittasi mavjud bölsa va 26 ta qarşi körsatmadan birortasi aniqlanmasa, unga elektron yöllanma rasmiylaştiriladi.
Navbat qanday şakllantiriladi?
Yöllanma berilgan fuqaro «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimi orqali elektron navbatga qöyiladi. Navbat reabilitatsiya markazlaridagi böş örinlar va qabul qiliş imkoniyatlarini hisobga olgan holda avtomatik şakllantiriladi.
Ariza beruvçi navbatdagi holatini onlayn kuzatib borişi mumkin. Navbati kelişidan 10 kun oldin esa unga SMS-xabarnoma yuboriladi.
Reabilitatsiya xizmatlaridan foydalaniş davriyligi ham belgilangan. Nogironlik muddatiga qarab, ambulator xizmatlardan yil davomida 2–3-marta, statsionar xizmatlardan esa 1–2-marta foydalaniş mumkin.
Şuningdek, ambulator reabilitatsiya bir oygaça, statsionar reabilitatsiya esa 12 kungaça davom etadi. Muolajalarning aniq hajmi va davomiyligi fuqaroning soğliği hamda individual ehtiyojlariga qarab belgilanadi.
Agar fuqaro belgilangan kunda markazga bormasa, u elektron navbatning oxiriga ötkaziladi. Yöllanmadan foydalaniş rad etilgan yoki belgilangan tartibda qayta kelinmagan hollarda yöllanma bekor qilinişi mumkin. Bunday vaziyatda fuqaro qayta murojaat qiliş huquqini saqlab qoladi.
Yöllanma berişni rad etişga esa faqat belgilangan asoslar — tibbiy körsatmalar mavjud emasligi, qarşi körsatmalar aniqlanişi yoki arizada notöğri maʼlumotlar taqdim etilişi kabi holatlar sabab bölişi mumkin.
Hujjatda elektron navbatni şaffof yuritiş va fuqarolarni reabilitatsiya xizmatlariga yönaltiriş jarayonini tartibga soliş belgilangan.




