Özbekiston Qozoğiston va Qirğiziston bilan ayrim çegara postlarida “One Stop”, yaʼni “bitta töxtaş” tizimini joriy etiş böyiça muzokara olib bormoqda.
Tizimning uç modeli körib çiqilmoqda. Birinçisida ikki davlat bojxonaçilari bitta binoda işlaydi. Ikkinçisida ular alohida binolarda işlaydi: biri eksportni, ikkinçisi importni rasmiylaştiradi. Uçinçisida esa bir davlat tekşirgan yukni ikkinçisi qayta körikdan ötkazmaydi.
Dekabrgaça Qirğiziston bilan beşta ötkaziş punkti böyiça kelişiş rejalaştirilgan: “Rişton”, “Vodil”, “Oqqiya”, “Çaşma” avtomobil va “Xonobod” temir yöl postlari.
Bojxona qömitasi hisobiça, yangi tizim çegaradan ötiş vaqtini ikki baravar qisqartiradi. Oxirgi uç yilda çegaradan ötayotgan yuk maşinalari 70 foizga köpayib, kuniga 5,1 mingdan oşgan. 2030-yilgaça bu ködni kamida 10,5 mingga yetkaziş möljallangan.
Biroq bu faqat Özbekistonning xohişiga boğliq emas. Qöşnilar rozi bölmasa, yuk maşinalari çegarada avvalgidek ikki marta töxtayveradi.




