Özbekiston

Bank ilovalarida P2P ötkazmalar va biometrik identifikatsiya tartibi özgardi

Akmal Eshonxonov28 ko'rishlar
Bank ilovalarida P2P ötkazmalar va biometrik identifikatsiya tartibi özgardi

2026-yil 16-noyabrdan Markaziy bankning masofaviy moliyaviy xizmatlar xavfsizligiga oid nizomiga kiritilgan özgartişlar kuçga kirdi. Yangi talablar bank ilovalarida pul ötkazmalari, röyxatdan ötiş va biometrik identifikatsiya tartibini özgartiradi.

Endilikda banklar va tölov taşkilotlari P2P ötkazmalarda OTP-kod yoki muqobil usul orqali tasdiqlaş talab etilmaydigan eng yuqori summani mustaqil belgilaydi. Uşbu çegaradan yuqori ötkazmalar esa majburiy tasdiqlanadi. Tasdiqlaş talab etilmagan ötkazmalarda firibgarlik sodir etilsa, uning uçun bank yoki tölov taşkiloti javobgar böladi.

Şuningdek, telefon raqami yaqin qarindoş nomida bölgan fuqarolar ham bank ilovasida röyxatdan ötişi mumkin. Buning uçun qarindoşlik munosabati tasdiqlanişi lozim.

Ilovada röyxatdan ötiş, parolni tiklaş va akkauntga boşqa qurilmadan kirişda biometrik identifikatsiya talab etiladi. Biroq bank kartasini ilovaga biriktirişda biometriya şart emas — OTP-kod orqali tasdiqlaş yetarli böladi.

Yana bir özgarişga köra, akkauntga boşqa qurilmadan kirilganda yoki parol tiklanganda, ilovadagi kartalar öçirilmaydi. Ular vaqtinça nofaol holatga ötkaziladi va OTP-kod yordamida qayta faollaştiriladi.

Bundan taşqari, qurilmada zararli dastur yoki masofadan boşqariş vositasi aniqlansa, bank mijozni SMS-xabar bilan birga PUŞ-bildirişnoma orqali ham ogohlantiradi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Bank ilovalarida P2P ötkazmalar va biometrik identifikatsiya tartibi özgardi | Effect.uz