Özbekiston

Özbekistonda çang-tözon böronlariga qarşi milliy dastur qabul qilindi

Akmal Eshonxonov16 ko'rishlar
Özbekistonda çang-tözon böronlariga qarşi milliy dastur qabul qilindi

Özbekistonda 2024–2030-yillarga möljallangan çang-tözon böronlariga qarşi kuraşiş milliy dasturi qabul qilindi. Dastur doirasida 2028-yilga qadar kuçli çang-tözon böronlari yuzaga keliş intensivligini 50 foizga kamaytiriş rejalaştirilgan. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi maʼlum qildi.

Qömita maʼlumotiga köra, Orol dengizining qurişi oqibatida qariyb 3 million gektar yerdan foydalaniş imkoniyati yöqolgan. Uşbu hududning 56 foizdan ortiği kuçli şamol eroziyasiga uçramoqda. Yerlar degradatsiyasi va çöllanişidan kelib çiqadigan yillik iqtisodiy zarar esa 830 million dollarga baholangan.

Jahon banki bilan hamkorlikda ötkazilgan tadqiqotlarga köra, Toşkentdagi PM2.5-mayda zarraçalarining yillik örtaça konsentratsiyasida şahar taşqarisidan şamol orqali keladigan çang uluşi 36 foizgaça yetadi. Quruq yoz oylarida bu körsatkiç 50 foizdan oşadi.

Dastur doirasida atmosfera havosi sifatini kuzatiş uçun 347 ta avtomatlaştirilgan stansiyadan iborat yagona tarmoq taşkil etiş, erta ogohlantiriş tizimini rivojlantiriş, degradatsiyaga uçragan yerlarni tiklaş va himoya yaşil hududlarini barpo etiş işlari olib borilmoqda.

Şuningdek, Özbekiston çang-tözon böronlarini mintaqaviy monitoring qiliş va prognozlaş, çang manbalarini sunʼiy yöldoşlar orqali baholaş, yaylovlar hamda suv resurslarini barqaror boşqariş va aholi salomatligini muhofaza qiliş çoralarini taklif etdi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Özbekistonda çang-tözon böronlariga qarşi milliy dastur qabul qilindi | Effect.uz