Özbekiston

Özbekistonda 9 oyda 18 mingdan ortiq şaxs ozodlikdan mahrum qilindi

Akmal Eshonxonov21 ko'rishlar
Özbekistonda 9 oyda 18 mingdan ortiq şaxs ozodlikdan mahrum qilindi

2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonda jinoyat işlari böyiça sudlar 78 ming 739 nafar şaxsga nisbatan 64 ming 902 ta jinoyat işini körib çiqdi. Bu haqda Oliy sud maʼlumot berdi.

Hisobot davrida 57 ming 376 nafar şaxs sudlangan. Ularning 18 ming 26 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş, 38 ming 737 nafariga esa boşqa turdagi jazolar tayinlangan.

Şuningdek, 385 nafar şaxs, jumladan, 161 nafar qatağon qurboni oqlanib, reabilitatsiya qilingan. Ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlangani sababli 6 ming 377 nafar şaxs sud zalida qamoqdan ozod etilgan.

Sudlar 13 ming 938 nafar şaxsga nisbatan tergov organlari tomonidan asossiz qöyilgan ayblov moddalarini çiqarib taşlagan yoki qayta malakalagan.

Bundan taşqari, 26 ming 794 nafar şaxs jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilingan, 8 ming 761 nafarining jazosi yengilroğiga almaştirilgan.

Körib çiqilgan jinoyat işlarining asosiy qismini firibgarlik, öğrilik, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş hamda giyohvandlik vositalari bilan boğliq jinoyatlar taşkil etgan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Özbekistonda 9 oyda 18 mingdan ortiq şaxs ozodlikdan mahrum qilindi | Effect.uz