Özbekiston

Gazlaşmagan hududlarda elektr meʼyori oşirildi, suyultirilgan gaz uçun kompensatsiya beriladi

Akmal Eshonxonov67 ko'rishlar
Gazlaşmagan hududlarda elektr meʼyori oşirildi, suyultirilgan gaz uçun kompensatsiya beriladi

Özbekistonda tabiiy gaz bilan taʼminlanmagan hududlar aholisi uçun elektr energiyasi meʼyori oşirildi. Ehtiyojmand oilalarga esa suyultirilgan gaz xaridi uçun oyiga 60 ming sömgaça kompensatsiya tölanadi.

Hukumat qaroriga köra, 1-noyabrdan tabiiy gaz mavjud bölmagan yoki uni yetkazib beriş qiyin hududlarda isitiş mavsumi uçun elektr energiyasining oylik bazaviy meʼyori 200 kVt·soatdan 350 kVt·soatga oşirildi.

15-noyabrdan esa aholi uçun suyultirilgan gazning bir kilogrammi 5 ming söm (QQS bilan) etib belgilandi. Uşbu narx va xarajatlar örtasidagi farq davlat byudjetidan subsidiya sifatida qoplanadi.

Şuningdek, ehtiyojmand oilalarga xarid qilingan suyultirilgan gazning har kilogrammi uçun 3 ming sömdan, oyiga 20 kilogrammgaça kompensatsiya ajratiladi. Bu bir oyda 60 ming sömgaça yordam degani.

Kompensatsiya mablağlari ijtimoiy kartaga ötkaziladi. Tölovlar 2030-yilgaça davom etadi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Gazlaşmagan hududlarda elektr meʼyori oşirildi, suyultirilgan gaz uçun kompensatsiya beriladi | Effect.uz