Özbekistonda madaniyat va sanʼat sohasidagi loyihalarni davlat grantlari orqali qöllab-quvvatlaş tartibi tasdiqlandi. Tanlovda nodavlat yuridik şaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, özini özi band qilgan şaxslar va ijodiy jamoalar iştirok etişi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Grantlar teatr, sirk, musiqa, raqs, nomoddiy madaniy meros, kino va animatsiya, adabiyot, madaniyat taʼlimi, inklyuziv va ijtimoiy loyihalar, startaplar, sunʼiy intellekt hamda raqamlaştiriş yönalişlarida ajratiladi. Umumiy moliyalaştiriş limitlari 1 milliard sömdan 1,5 milliard sömgaça etib belgilangan.
Tanlovda qatnaşiş uçun OneID orqali maxsus platformada röyxatdan ötiş kerak. Arizalar tanlov eʼlon qilinganidan keyin 30 kalendar kun davomida qabul qilinadi. Har bir iştirokçi faqat bitta yönaliş böyiça ariza berişi mumkin. Iştirok bepul.
Tanlov beş bosqiçda ötkaziladi. Loyihalar komissiya tomonidan baholanadi. Kamida 60 ball töplagan işlar reyting asosida va ajratilgan mablağlar doirasida moliyalaştirişga tavsiya etiladi. Hujjatlarda tuzatiş mumkin bölgan kamçiliklar aniqlansa, ularni bartaraf etiş uçun 5 iş kuni beriladi.
Ğoliblar bilan natijalar eʼlon qilinganidan keyin 10 iş kuni içida şartnoma tuziladi. Odatda grantning 50 foizi dastlabki tranşda, qolgan qismi esa samaradorlik körsatkiçlari bajarilişi va oraliq hisobotlar tasdiqlanişiga qarab ikki bosqiçda ötkaziladi. Olti oygaça davom etadigan loyihalar uçun mablağ töliq ajratilişi mumkin.
Grant mablağlari şartnomada belgilangan maqsadlar va smeta asosida sarflanişi şart. Loyihalarning amalga oşirilişi va natijalari monitoring qilib boriladi.
Tanlov jarayoni yoki natijalaridan norozi bölgan iştirokçilar 10 kun içida apellyatsiya şikoyati berişi mumkin. Apellyatsiya komissiyasi qaroridan norozi bölganlar sudga murojaat qiliş huquqiga ega.
Loyiha natijasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari mualliflar yoki boşqa huquq egalarida saqlanadi. Madaniyat vazirligi undan faqat huquq egasining roziligi bilan notijorat maqsadlarda foydalanişi mumkin.




