Özbekiston

Olimlarga qöşimça haq tölaş tartibi özgardi

Akmal Eshonxonov40 ko'rishlar
Olimlarga qöşimça haq tölaş tartibi özgardi

Özbekistonda ilmiy darajaga ega xodimlarga qöşimça haq belgilaşda ularning ilmiy faoliyati natijalari yagona elektron baza orqali tekşiriladi. Yuqori ilmiy faollik körsatgan mualliflarga lavozim maoşining 10 foizigaça ustama berilişi mumkin.

Bu tartib Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktyabrdagi 604-son qarori bilan belgilandi.

Qarorga köra, ilmiy natijalar dastlab Innovatsion rivojlaniş agentligining elektron kutubxonasiga kiritiladi. Ilmiy-texnik axborot markazi ularning töliqligi va haqqoniyligini tekşiradi. Faqat tasdiqlangan maʼlumotlar yagona elektron bazaga kiritilib, ustama belgilaşda hisobga olinadi.

Şuningdek, Science ID tizimi orqali yuqori ilmiy faollik körsatgan mualliflarga lavozim maoşining 10 foizigaça qöşimça haq belgilanişi mumkin.

Bu barça ilmiy darajali xodimlarning maoşi avtomatik ravişda 10 foizga oşirilişini anglatmaydi. Ustama tasdiqlangan ilmiy natijalar va belgilangan mezonlar asosida tayinlanadi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Olimlarga qöşimça haq tölaş tartibi özgardi | Effect.uz