Özbekiston

Navoiy viloyatining sobiq hokimi Bahriddin Röziyev vafot etdi

Akmal Eshonxonov75 ko'rishlar
Navoiy viloyatining sobiq hokimi Bahriddin Röziyev vafot etdi

Davlat va jamoat arbobi, Navoiy viloyatining sobiq hokimi Bahriddin Röziyev 11-noyabr kuni 76 yoşida vafot etdi. U 2002-yildan 2008-yilning dekabr oyigaça viloyatga rahbarlik qilgan, «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasi va xalqaro logistika markazini barpo etişda qatnaşgan.

Davlat va jamoat arbobi, Navoiy viloyatining sobiq hokimi, mehnat faxriysi Bahriddin Murtazayeviç Röziyev 11-noyabr kuni 76 yoşida vafot etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bahriddin Röziyev 1950-yil 23-avgustda Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi tumanida tuğilgan. Örta maktabni tamomlagaç, mehnat faoliyatini Karmana tumani yöl qurilişi birlaşmasida avtoçilangar sifatida boşlagan. Işlab çiqarişdan ajralmagan holda Toşkent politexnika institutida muhandis-mexanik mutaxassisligi böyiça tahsil olgan, keyinçalik Moskva ijtimoiy fanlar akademiyasini tamomlagan.

U köp yillar davomida Navoiy viloyatidagi yoşlar taşkilotlari va turli boşqaruv idoralarida masʼul lavozimlarda işlagan. Mustaqillikning dastlabki yillarida viloyat gazlaştiriş boşqarmasi boşliği, hududiy kommunal foydalaniş boşqarmasi boşliği hamda Konimex tumani hokimi vazifalarida faoliyat yuritgan.

2002-yildan 2008-yilning dekabriga qadar Bahriddin Röziyev Navoiy viloyati hokimi bölib işlagan. U viloyatga rahbarlik qilgan davrda hudud sanoati va işlab çiqarişini kengaytiriş, fermerlik harakatini şakllantiriş, «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasini taşkil etiş hamda Navoiy xalqaro aeroporti negizida xalqaro logistika markazini barpo etiş işlarida faol iştirok etgan. Sönggi yillarda faxriylar taşkiloti aʼzosi sifatida jamoat işlarida qatnaşib kelgan.

Uning vafoti munosabati bilan prezident hamdardlik bildirdi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Navoiy viloyatining sobiq hokimi Bahriddin Röziyev vafot etdi | Effect.uz