Özbekiston

«Inson qadrini yuksaltiriş» böyiça yettita milliy dastur tasdiqlandi

Akmal Eshonxonov35 ko'rishlar
«Inson qadrini yuksaltiriş» böyiça yettita milliy dastur tasdiqlandi

Prezident Şavkat Mirziyoyev 10-noyabrdagi farmoni bilan 2027–2031-yillarga möljallangan yettita milliy dasturni tasdiqladi. Ular taʼlim, tibbiyot, iqtisodiyot, ekologiya, sud-huquq tizimi, mahalla va taşqi siyosatni rivojlantirişga qaratilgan.

Dasturlarda belgilangan asosiy maqsadlar quyidagilar:

  • Taʼlim: 6 yoşli bolalarni maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş, kamida 10 ta oliy taʼlim muassasasini xalqaro reytinglarning top-1000 taligiga kiritiş, 10 million yoşni raqamli industriya va kelajak kasblariga jalb qiliş.

  • Tibbiyot: soğliqni saqlaş xarajatlarini YAIMning 5 foiziga yetkaziş, barça xonadonlarni davlat tibbiy suğurtasi bilan qamrab oliş va kamida beşta nufuzli xorijiy klinikani jalb qiliş.

  • Iqtisodiyot: 450 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qiliş, YAIMni 300 milliard dollarga yetkaziş, sanoatda 2 millionta yuqori daromadli iş örni yaratiş.

  • Ekologiya: suğoriladigan maydonlarda suv tejovçi texnologiyalar qamrovini 100 foizga yetkaziş, tuman va şahar markazlarida yaşillik darajasini 30 foizga oşiriş.

  • Sud-huquq tizimi: sud mustaqilligi va qonun ustuvorligini mustahkamlaş, kiberjinoyatçilik, giyohvandlik, odam savdosi va yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşni kuçaytiriş.

  • Mahalla: davlat dasturlari, byudjet va infratuzilma loyihalarini mahallalar ehtiyojidan kelib çiqib şakllantiriş. Mahalla buyurtmalari böyiça 30 kun içida asoslantirilgan qaror qabul qiliş tartibi joriy etiladi.

  • Taşqi siyosat: millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglikni mustahkamlaş, muvozanatli taşqi siyosatni davom ettiriş, 2027–2030-yillarda Qöşilmaslik harakatiga raislik doirasida taşabbuslarni ilgari suriş.

Milliy dasturlar inson qadri va aholi farovonligini yuksaltiriş, mamlakat taraqqiyotining ustuvor yönalişlarini belgilaşga qaratilgan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

«Inson qadrini yuksaltiriş» böyiça yettita milliy dastur tasdiqlandi | Effect.uz