Ijtimoiy tarmoqlarda matematika fani böyiça malaka toifasi attestatsiyasi testlari, ularga ajratilgan vaqt va sinov natijalari yuzasidan bildirilgan eʼtirozlarga rasmiy munosabat bildirildi.
Maʼlum qilinişiça, 2026-yilgi kuzgi attestatsiya Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori hamda Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 29-iyuldagi 277-son buyruği asosida ötkazilmoqda.
Vazirlik maʼlumotiga köra, matematika fanidan test topşiriqlari tasdiqlangan spetsifikatsiya asosida işlab çiqilgan va asosiy sinovlardan oldin ikki marta aprobatsiyadan ötkazilgan. Bu jarayonda savollarning mazmuni, murakkablik darajasi hamda ularni bajariş uçun ajratilgan vaqt ham sinovdan ötkazilgan.
Şuningdek, asosiy testlarning murakkablik darajasi demo testlardagi namunalar bilan mos ekani, savollarning ifodasi, sonlar yoki masala şartlarida farqlar bölişi mumkinligi qayd etilgan.
Bildirilişiça, testlar pedagoglarning nazariy bilimlari, amaliy qöllaş, tahlil qiliş va mantiqiy fikrlaş könikmalarini baholaşga qaratilgan. Bildirilgan fikr-mulohazalar örganib boriladi, asosli eʼtirozlar esa belgilangan tartibda körib çiqiladi.




