2026-yil 24-dekabrdan Toşkentda avtomobillarni evakuatsiya qiliş va jarima maydonçasida saqlaşning yangi tartibi joriy etiladi. Hukumat qaroriga muvofiq, bu jarayonlar yagona elektron tizim orqali amalga oşiriladi.
Yangi qoidalarga köra, piyodalar yölaklari, nogironligi bölgan şaxslar harakati uçun ajratilgan joylar hamda maxsus xizmatlar harakatiga tösqinlik qiladigan tarzda qoldirilgan avtomobillar evakuatsiya qilinadi.
Agar haydovçi evakuator maşinani yuklaşni boşlaguniga qadar yetib kelib, qoidabuzarlikni bartaraf etsa, avtomobil olib ketilmaydi. Yuklaş boşlanganidan keyin esa evakuatsiyani töxtatiş mumkin emas.
Toşkentda evakuatsiyaning har bir kilometri uçun 88 ming sömgaça, jarima maydonçasida saqlaşning har bir sutkasi uçun ham 88 ming sömgaça tölov belgilangan. Masalan, avtomobilni 3 kilometrga evakuatsiya qiliş va 3 sutka saqlaş 528 ming sömga tuşişi mumkin. Bu summaga qoidabuzarlik jarimasi kirmaydi.
Avtomobil elektron tölov amalga oşirilib, QR-kodli ruxsatnoma olinganidan keyin egasiga qaytariladi. Jarima maydonçalari dam oliş va bayram kunlari ham işlaydi.
Olib ketilgan avtomobil 6 oy davomida talab qilinmasa, qarzdorlik majburiy undiriladi. 12 oydan keyin esa sud uni egasiz mulk deb topişi mumkin.




